00:11 / 05.02.2019
7 557

Munajjimlar bashorati: 5 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 5 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
5 fevralda qayg‘uli va tashvishli lahzalaringiz ko‘p bo‘lishi kutiladi. Ro‘zg‘ordagi ikir-chikirlar bilan ovora bo‘lib ishga kechikishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Ammo kutilmaganda do‘stlaringizdan birining favqulodda qo‘ng‘irog‘i sizni barcha tashvishlardan xalos etadi. Do‘stingiz sizga serdaromad ish taklif etishi mumkin. Shamollab qolishni xohlamasangiz, ob havoga qarab kiyining. Modaning ketidan quvmang. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Kuningiz yengil kechmaydi. Kimlardir tepangizga kelib tanqid ostiga olishi, o‘rgatishidan bezor bo‘lasiz. Bardoshli bo‘ling. Bardosh sizni barcha ko‘ngilsizliklardan asraydi. Anchadan beri o‘ziga bo‘lg‘usi taqdirdosh qidirayotgan do‘stlarimiz bugun kunning ikkinchi yarmida romantik tanishuvni boshdan kechirishlari mumkin. Oilalilardan kimdir anchadan beri farzand kutayotgan bo‘lsa, o‘sha kun keldi. Bugun xonadoningizda chaqaloq yig‘isi jaranglaydigan bo‘lib turibdi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
5 fevral kuni sal ortga chekinishingiz talab etiladi. Shunda bajarilmay qolib ketgan ishlarni ilg‘aysiz va ularni ado etish harakatiga tushasiz. Bu moddiy ahvolingiz hamda shaxsiy hayotingizda jiddiy o‘zgarishlar yuz berishiga sababchi bo‘ladi. Tushdan keyin ajoyib bir tanishuvni boshdan o‘tkazishingiz mumkin. Biling, bu tanishuv yaqin kelajakda sizga ham moddiy, ham ma’naviy manfaatdorlik hadya etadi. Kechqurun ovqatlanish rejimini yana bir yodga olishingiz tavsiya qilinadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Ishda har bir mayda, o‘zingiz arzimas deb bilgan yumushlarga ham alohida e’tibor qaratishingiz lozim bo‘ladi. Bu daromadingizga daromad qo‘shadi. Ziyon keltirmaydi. Har bir masalada aql va sergaklik naf berishi tayin. Ammo ayrim hollarda emotsiyaga erk berish ham to‘g‘ri hisoblanadi. Aynan u hayotingizga quvonch olib kirishi mumkin. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda o‘zingiz ma’qul bilgan usullardan unumli foydalaning. Shunda yo‘qotishlarga yuz tutmaysiz. Bugun banklardan aslo kredit ola ko‘rmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
5 fevralda ishxonangiz va shaxsiy hayotingizda sodir bo‘ladigan hodisalarga yangicha fikr bilan yondashing. Lekin bu haqda oila a’zolaringizga ham, hamkasblarga ham gullay ko‘rmang. Ro‘zg‘ordagi ikir-chikirlarni bartaraf etishda masalaga ob’ektiv nazar bilan boqing. Bu nazarda gap ko‘p. Qarindoshlaringiz bilan ahillik saqlanib qolishi ham ob’ektiv nazar bilan chambarchas bog‘liq ekanini unutmang. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’moli bilan cheklaning.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Neki ish bajarishga tutinmang, tajribali hamkasblar, huquqshunoslar, do‘stlar maslahatiga suyaning. Ayniqsa, muammoni yolg‘izlikda bartaraf eta olmayotgan bo‘lsangiz, maslahatlar albatta ish beradi. Bundan tashqari, ishga ijodiy yondashishingiz ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Jamiyatdagi o‘rningiz mustahkamlanishi ham shu narsa bilan bog‘liq. Oilasizlar bugun kechqurun romantik uchrashuvdan umid qilmasalar ham bo‘ladi. Baribir bu uchrashuv sizga muvaffaqiyat keltirmaydi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
5 fevral kuni sershovqin davralar, ziyofatlardan o‘zingizni olib qoching. Emotsiya va pokiza tuyg‘ularni o‘zingiz bilan anchadan beri uchrashishni orzu qilib yurgan inson uchun asrab qo‘ying. Oilalilar farzandlari bilan o‘ta jiddiy ohangda gaplashib olishlari, ularga hayotdan yangi saboqlar berishlari kerak. Ular ko‘chada odamlar bilan muloqot qilish uchun tayyor bo‘lmasliklari mumkin. Siz ularga muloqot sirlarini o‘rgatasiz. Bu yo‘lda kerak bo‘lsa, koyishlardan ham tiyilmang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun yon berish masalasiga keng o‘rin berishingizga to‘g‘ri keladi. Shundagina atrofdagilar bilan munosabatlaringizda jiddiy muammolar bo‘lmaydi. Ayniqsa, yaqin qondoshlaringiz ko‘pincha yon berishingiz tarafdori bo‘lishadi. Ularning talabi amalga osha qolsin. To‘g‘ri emasmi? Ishxonada rahbarlar bilan aniq va silliqlik bilan gaplashishingiz talab etiladi. Kechqurun olisda yashovchi qarindoshlaringiz mehmon bo‘lib kelishlari mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
5 fevralda o‘tmish haqida hadeganda o‘ylayversangiz, o‘zingizni o‘zingiz boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yasiz. Tashvish chekishdan, siqilishdan tiyiling. Baribir yo‘qotilgan narsalarni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Bugun kun davomida hazil-mutoyibaga alohida e’tibor qarating. Qarindoshlar bilan tushdan keyin shahardan tashqariga safar qilishingiz mumkin. Safaringiz omadli kechadi. Faqat safarni o‘zingiz shaxsan tashkillashtiring.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Bugun tuyg‘ularingiz juda o‘tkir bir tig‘ni eslata boshlaydi. Bu tig‘ga urilgan har bir hodisa dahshatdan titray boshlaydi. Oilali do‘stlarimiz tashqarida ishqiy sarguzashtlarga berilishdan saqlanishlari kerak. Bu sizni baloga giriftor etishi hech gap emas. Nafaqat ishqiy sarguzasht, balki kimgadir shunchaki o‘tli boqishingiz ham qimmatga tushishi mumkin. Kechqurun sportning yengil turlari bilangina shug‘ullaning. Organizmingizni jismoniy zo‘riqishdan saqlang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
5 fevral kuni uy-joy, moliya va kommunal masalalar bilan bog‘liq muammolarni juda qisqa fursatda tez bartaraf etishingiz kerak. Agar o‘zingiz uddalay olmasangiz, yaqinlaringiz yordamidan ham foydalansangiz bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida boshqa uyga ko‘chib o‘tish, uy va mashina ta’miri, kommunal to‘lovlarni to‘lash muvaffaqiyatli kechadi. Kechki payt do‘stlaringiz sizga bir talay yoqimli xabarlarni yetkazishlari kutilmoqda.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Ertalab ishxonaga kelgach, bor kuchingizni bir nuqtaga jamlang-u, rahbar qabuliga kiring. Maoshni oshirish, rahbar lavozimini so‘rash asosiy maqsadingizga aylanishi kerak. Ishoning, bu harakatlaringiz besamar ketmaydi. Shaxsiy avtomobilingiz bo‘lsa, bugun garajda qoldirganingiz ma’qul. Jarohat olishingiz xavfi bor. Bundan tashqari, olis safarni ham boshqa kunga qoldiring.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 5 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?