QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun birinchi navbatda kelgusida kim bilan do‘stlikda qolish, kim bilan munosabatlarni uzish haqida bir to‘xtamga kelishingiz lozim. Shunda befoyda ittifoqlarga behuda vaqt va kuch sarflamagan bo‘lardingiz. Munosabatlar garmoniyaga olib borishi kerak. Tadbirkorlar uchun hamkorlar bilan yangi va uzoq muddatli shartnoma tuzishda bugungi kun juda qo‘l keladi. Shartnoma kelajakda ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan sizga naf keltiradi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
18 fevralda zimmangizga yuklanadigan barcha ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun qo‘shimcha kuchga ega bo‘lishingiz zarur bo‘ladi. Bunda ertalabki badantarbiya, kontrastli dush va qaynoq kofe yordam bera oladi. Shunda kayfiyatingiz ko‘tarilib, xudoning o‘zi sizga qo‘shimcha kuch, g‘ayrat, shijoat va bardosh ato etadi. Ayollarga, qiz-juvonlarga bugun kosmetologga borib yoshartiruvchi amallarga berilmaslik tavsiya etiladi. Salomatlikni asrang. O‘zingizni ehtiyot qiling.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun fikrlash qobiliyatingiz xudoning qudrati bilan ortib, qat’iy va to‘g‘ri qarorlar chiqara boshlaysiz. Muhabbatda oilasizlar mayda ko‘ngilsizliklar, xafagarchiliklarga duch kelishlari mumkin. Lekin busiz og‘ir vaziyatlardan chiqib ketishingiz qiyinchilik ham tug‘dirgan bo‘lardi. Yaqinlaringiz bilan munosabatlarda tafakkurga suyangan holda ish tuting. Bu ichki olamingizni ijobiy tarafga o‘zgartiradi. Moliyaviy muammolaringiz kechqurungacha yetmay, sizning foydangizga hal bo‘lishi kutilmoqda.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
18 fevral kuni professsional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda o‘zingizda bor bilim, tajribaga suyaning. Shunda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘ymaysiz. Pulingiz kam bo‘lsa, shikoyat qilib o‘tirgandan, qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish toping. Kun davomida qo‘shimcha bilimlar olish, xizmat safari va kerakli odamlar bilan uchrashuvlarni boshdan kechirasiz. Sport va jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishda juda ehtiyotkor bo‘ling.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz oson kechmaydi. Ammo shunga qaramay, qiziqarli hodisalarga boy ham bo‘ladi. Yo‘lga chiqish niyatingiz bo‘lsa, bugun shaxsiy transport vositasidan voz kecha turing. Transport vositasi buzilishi, jarimalar va boshqa ko‘ngilsiz vaziyatlar ko‘ndalang bo‘lish xavfi bor. Oila qurmaganlar bo‘lg‘usi jufti bilan iliq munosabatlarni saqlab qolish uchun o‘ta jiddiy sinovlardan o‘tishlari talab etiladi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
18 fevralda omadni o‘z tarafingizga og‘dirish uchun shinavanda va faol bo‘lishingiz kerak. Xudo ko‘rsatmasin, dangasalik va qo‘rqoqlikka erk bersangiz, omad o‘sha zahoti sizdan yuz buradi. Ish unumli bo‘lishi va erkin, garmoniya qurshovida yashashda xalal berayotgan vaziyatlardan, kerak bo‘lsa, shaxslardan voz keching. Imkon doirasida ko‘proq vaqtingizni toza havoda o‘tkazing. Ko‘proq piyoda yoki velosipedda sayr qiling. Bu salomatligingiz uchun juda foydali kechadi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bir qarashda umuman bajarishning iloji yo‘q, arzimas tuyulgan ishlarga ham optimist nazari bilan boqing. Zarurat tug‘ilsa, bor kuchingizni o‘sha ishlar uchun sarflashdan ham tiyilmang. Ishga ijodiy yondashishni shior qilib oling. Shunda ko‘proq naf ko‘rasiz. Moddiy ahvolingiz katta pul ketidan quvishni bas qilsangizgina yaxshilanishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
ChAYОN (24. 10 — 22. 11)
18 fevral kuni taqdir neni yuborsa, shuning o‘ziga ham shukr qiling. Baribir bundan ortig‘iga ega chiqa olmaysiz. Garmoniya tomon intiling. Bu azaliy orzularingizdan biri haqiqatga aylanishida yordam beradi. Shaxsiy hayotingizda yaqinlaringiz bilan sen-menga borib qolishingiz xavfi bor. Biroq shu yerda o‘ylab ko‘rishingiz kerak. Agar yaqinlaringiz sizga to‘g‘ri maslahat berayotgan bo‘lsa, siz nohaq bo‘lsangiz, albatta yon bering. Salomatlikni, asablarni ehtiyot qiling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kuningiz quvonchli lahzalarga boy bo‘lishi bilan birga quyosh ham siz tomonga ko‘proq nur socha boshlaydi. Odamlar hech qanday sababsiz ham jilmayishdan tiyila olishmaydi. Shaxsiy hayotingizda tub burilish yuz berishi kutiladi. Bu burilish salbiy emasligi aniq. Ko‘cha-ko‘yda notanishlar bilan favqulodda janjallashib qolishdan saqlaning. Iloji bo‘lsa, ko‘chada hech kim bilan tillashmaganingiz ma’qul. Ayrimlar shamollash va shu kabi yengil xastalanishdan bezovta bo‘lishlari mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
18 fevralda garchi juda yolg‘iz qolgingiz kelayotgan bo‘lsa-da, soyadan chiqishingizga to‘g‘ri keladi. Faollashishingiz kerak. Ba’zi sizni ko‘ra olmaydiganlar pul masalasida chuv tushirish payida bo‘ladi. Hasadgo‘y nazariga tushsangiz, shaxsiy hayotingizni izdan chiqarish niyatida ekanini payqaysiz. Ularga qarshi keskin, shu bilan birga unsiz kurash olib borishingiz kerak. Kechqurun ba’zilarning xonadonida chaqaloq yig‘isi jaranglashi kutilmoqda. To‘g‘ri ovqatlaning. Rejimni buzmang.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kimlargadir va’da bergan joyingiz bo‘lsa, bu va’daning ustidan chiqishga harakat qiling. Aks holda odamlarning sizga bo‘lgan ishonchi so‘na boradi. Ishingizga ham bu narsa salbiy ta’sir ko‘rsatishi hech gap emas. Bugun ish bajarishda qancha tashabbuskor bo‘lsangiz, shuncha daromadingiz orta boradi. Xususiy mulk bilan bog‘liq muhim hujjatlarni rasmiylashtirishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang. Zahiradagi pullaringizni imkon boricha zahirada ushlab qolishga harakat qiling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
18 fevral kuni qo‘shimcha ittifoqchilar, do‘stlar topish, ular bilan har taraflama munosabatlarni mustahkamlash, ro‘zg‘ordagi muammolarni tez fursatda bartaraf etish va salomatligingiz haqida qayg‘urishingiz shart. Qarzlaringiz bo‘lsa ham bugundan qoldirmay egalariga yetkazing. Ayrimlar o‘tmishda qolgan janjalli ishlar yuzasidan kimlar bilandir sudlashishi mumkin. Kechqurun olis safarga otlanishingiz ehtimoli bor. O‘zingizga ishonchli bir insonni hamroh qilib oling.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”