23:54 / 19.02.2019
8 551

Munajjimlar bashorati: 20 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 20 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Xudoning kuni-da. Bugun kun davomida sizni jahldorlik, tushkunlik, nafrat va mayda ko‘ngilsizliklar ta’qib etishi mumkin. Qancha harakat qilmang, baribir ulardan qochib qutula olmaysiz. Lekin ular sizga ziyon yetkazmaydi. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolaringiz sizning foydangizga hal bo‘ladi. Bu muammoni yaqin tanishlardan biri hal etadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. To‘g‘ri ovqatlaning. Ayrimlar kechqurun do‘stlar bilan kafeda uchrashib suhbatlashishi mumkin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
20 fevralda oilasizlar o‘z muhabbati uchun qattiq kurashishi talab etiladi. Raqiblar jiddiy. Shuning uchun belni mahkam boylab kurashga otlaning. Moliyaviy masalada xarajatlar daromadlar bilan ellikka ellik bo‘lishi kutiladi. Aniqrog‘i, ham yo‘qotasiz, ham topasiz. Kimdir kechqurun olis safarga otlanishni maqsad qilgan bo‘lsa, bu safarni boshqa kunga qoldira turing. Bugun qilinadigan safar sizga muvaffaqiyatsizlik keltirishi hech gap emas.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun ehtiroslar, emotsiya yetagida qolib ketmaslikka harakat qiling. Shundoq ham muammolarni bartaraf etish uchun keragidan ko‘p kuch sarflagansiz. Dam oling, nafas rostlang. Kim yangi ishga o‘tgan bo‘lsa, xursand bo‘laversin. Sizni yangi jamoada muvaffaqiyatlar mushtoq kutmoqda. Kechki payt ba’zi do‘stlarimiz qisqa masofaga safar qilishlari mumkin. Bu safar sizga moddiy manfaat ham hadya etishini unutmang. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
20 fevral kuni ishxonangizda fikringizning qanchalar to‘g‘riligini isbotlashga urinasiz. Negaligini hatto o‘zingiz ham bilmaysiz. Hoynahoy, kimdir sizni tanqid ostiga oladi-yu, unga javob sifatida shu harakatlarni sodir etasiz. Ammo buning qo‘rqinchli joyi yo‘q. Hammasi o‘tkinchi. Juftingizni bugun aldashga harakat qilmang. Buning oqibati yaxshilik bilan tugamasligi mumkin. Kechqurun sizni unutilmas lahzalar kutib qoladi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun chin ko‘ngildan dam olish uchun alohida vaqt ajratishingiz tavsiya qilinadi. Ammo dam olish ekan deb do‘kon aylanish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish va tuni bilan ko‘chada yurishingiz shart emas. Yolg‘iz qoling va shu taxlit dam oling. Suyganingiz bilan kino yoki teatrga tushing. Bugun hammomga tushish, salomatlikni tiklashga mo‘ljallangan suv bilan bog‘liq muolajalar xayrli kechadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
20 fevralda pashshadan fil yasash, har bir vaziyatdan shubhalanish yaxshilikka olib bormaydi. O‘z vaqtida hayot yo‘nalishingizni o‘zgartiring. Omad, muvaffaqiyat qarshingizda turibdi. Ko‘zlarni kattaroq oching. Hayotga real ko‘z bilan boqing. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda yangi usullarni qidiring. Xaridlar, qarzlar va inqiroz haqida o‘ylashdan tiyiling. Asabni asrang. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ertalabdan ko‘nglingiz g‘ashlanishi kutiladi. Ammo ehtiroslarga yo‘l bermang. Emotsiyangizni jilovda tuting. Shunda siz har qanday ko‘ngilsizlikni chetlab o‘ta olasiz. Asablarni bugun juda ehtiyot qilishingiz zarur bo‘ladi. Hali sinab ko‘rilmagan taomlarni iste’mol qilmang. Zaharlanib kasalxonaga tushib qolishingiz xavfi bor. Salomatligingizga alohida e’tibor bilan yondashing. Ayrimlar kechqurun yaqin do‘stlar yoki tanishlarnikiga mehmon bo‘lib borishi mumkin.

ChAYON (24. 10 — 22. 11)
20 fevral kuni nihoyat hayotning qaysi yo‘lidan borish lozimligini anglab yetasiz. Albatta, bu yo‘lda ishonchli hamrohsiz harakatlana olmaysiz. Moliyaviy masalada daf’atan yordamchilar paydo bo‘lishi mumkin. Ammo ularga ishonmang. Yordamchilar daromaddan ko‘ra xarajatlardagina sizga ko‘mak bera oladi. Oilalilar xonadonida bugun kechqurun ajoyib va bir-biridan quvonchli lahzalar yuzaga keladi. Tayyor turing. Uxlashga yotishdan oldin yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Hayotingizni ijobiy tarafga o‘zgartira olmaydigan vaziyatlar, ishlar va hodisalardan nari bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Har qanday ko‘rinishdagi uchrashuvlardan ham voz keching va dam oling. Muhabbatda oilasizlar ehtiyotkor bo‘lmasa, kulgili vaziyatda qolib ketishlari mumkin. Moddiy ahvolingiz bugun bezovtalanadigan darajada bo‘lmaydi. Xotirjam bo‘ling. Salomatlikni saqlang. Yaqinlaringizni ehtiyot qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
20 fevralda prinsiplaringizga qarshi bora ko‘rmang. Undan ko‘ra, ish joyingizda zimmangizdagi vazifani a’lo darajada ado etishgagina e’tibor qarating. Ayniqsa, aqliy mehnat kishisi bo‘lsangiz, prinsiplardan albatta voz kechishingiz talab etiladi. Kunning ikkinchi yarmida birov sizga serdaromad ishda hamkorlikni taklif etishi mumkin. Albatta rozi bo‘ling. Yomon niyatli odamlar nazaridan nari bo‘lishga harakat qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ertalabdanoq ishxonangizda martabangiz orta borishiga shaxsan guvoh bo‘lasiz. Iste’dodingizga hamkasblarning barcha-barchasi qoyil qoladi. Oila qurmaganlar tushdan keyin bir insonni uchratishlari kutilmoqda. Shu inson yuragingizdagi halovatni o‘g‘irlab qo‘yishi turgan gap. Lekin ko‘ngil izhorlariga shoshilmang. Hammasi me’yorida bo‘lsa, munosabatlaringiz tez orada yanada mustahkamlanishiga shubha yo‘q. Salomatligingiz masalasida juda ehtiyotkor bo‘ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
20 fevral kuni ne ishga qo‘l urmang, quvonch va xursandchiliklarga erishasiz. Bu ham o‘zingiz sevgan ish bilan mashg‘ulligingizning natijasidir. Moliyaviy ahvolingiz havas qilsa arziydigan darajada kechadi. Demak, yoqimli xaridlarga erk bersangiz ham ziyon ko‘rmaysiz. Yaqinlaringizga sovg‘alar xarid qiling. Afsuski, kechqurun kutilmagan bir shaxsning xonadoningizga tashrifi kayfiyatingizni buzishi mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 20 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?