date
views 5 571

Kechqurun soat 6 dan keyin iste’mol qilingan ovqatlarning organizmga ta’siri

Kechqurun soat 6 dan keyin iste’mol qilingan ovqatlarning organizmga ta’siri
Barchamizga ma’lum, ko‘plab diyetologlar kechqurun soat 6 dan keyin ovqatlanishni qat’iyan ta’qiqlashadi. Bu insonning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatarkan. Ortiqcha vazn hosil bo‘lishi ham shu bilan bog‘liq ekan. Uyqu orasida bezovtalik va yomon tushlar ta’qib qilarkan. Ammo xalqaro salomatlikni saqlash tashkiloti xodimlari bu ta’qiqlovlarni keskin rad etishmoqda. Ular o‘tkazgan tadqiqotlar aksini ko‘rsatgan.

— To‘g‘ri, — deyiladi shu tadqiqot natijalari mujassam etilgan maqolada. — Kechqurun soat oltidan keyin sho‘r, achchiq, yog‘li va keragidan shirinroq taomlar iste’molidan voz kechgan ma’qul. Iste’mol qilinganda ham uxlashga yotishdan 4-5 soat oldin bu amalni ado etish kerak. Qolgan taomlarni tuni bilan yeb chiqqaningizda ham ziyon ko‘rmaysiz. Kechqurun, ayniqsa, o‘rtacha shirinlikka ega yogurt, pishloq va mevalar iste’moli oshqozon-ichak tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Manba: Hordiq.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Kechqurun soat 6 dan keyin iste’mol qilingan ovqatlarning organizmga ta’siri