00:28 / 25.02.2019
8 118

Munajjimlar bashorati: 25 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 25 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugungi kuningiz orzular ushalishidan iborat bo‘lishi kutiladi. Agar istaklaringizni to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltira olsangiz, azaliy orzularingiz ketma-ket ushala boradi. Texnikadan yaxshigina xabardorlarni ham bu sohada muvaffaqiyatlar kutib qoladi. Aqliy mehnat kishilari ko‘proq vaqtini dam olishga bag‘ishlashmasa, salomatligi pand berib qo‘yishi mumkin. Boshlanishiga kechqurun albatta toza havo sayriga chiqing. To‘g‘ri ovqatlaning.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
25 fevralda tejamkorlikka e’tibor qaratmasdan, bo‘lar-bo‘lmasga pul sarflayversangiz, kun oxiriga yetmay, ahvolingiz tanglashib qolishi mumkin. Bugun ish haftasining birinchi kuni bo‘lgani sababli rahbarlar bilan bahslashishni xayolingizga ham keltira ko‘rmang. Baribir siz yutqazasiz. Undan ko‘ra salomatligingizni tish-tirnog‘ingiz bilan tashqi xavflardan himoya qiling. Shamollash, eski xastaliklar qo‘zg‘alish xavfi bor. Ob-havoning avzoyiga qarab kiyining.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ishingiz qanchalar muhim bo‘lmasin, oldinda zarurdan-da zarurroq uchrashuvlar kutayotgan bo‘lmasin, baribir chetga surib birinchi navbatda ro‘zg‘oringizdagi kemtiklarni to‘ldirishingiz tavsiya etiladi. Ijod kishilarining qarshisida bugun ertalabdanoq yangi gorizont ochiladi. Bir so‘z bilan aytganda, kuningiz tug‘adi. Tadbirkorlar anchadan beri ajoyib bir loyiha haqida o‘ylab kelgan bo‘lsalar, bugun uni haqiqatga aylantirishlari kerak. Shunda daromadi kutilganidek kechadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
25 fevral kuni ham ruhan, ham jismonan lohaslikni his eta boshlaysiz. Shuning uchun axborotlar qanchalar qimmatli bo‘lmasin, ular haqida bosh qotirishdan tiyiling. Ishni ham shoshilmasdan, ko‘proq dam olgan holda ado etishingiz kerak. Juda bo‘lmasa, bir hafta dam oling. Tabiat qo‘yniga chiqib havo almashtirsangiz, ko‘rmagandek bo‘lib ketasiz. Salomatlikni bir soniya ham esdan chiqarmang. Kechqurun yaqin insoningiz sizga kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘yish ehtimoli bor.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ishlaringiz boshingizdan oshib-toshganiga qarab o‘tirmay, o‘zingiz uchun, tashqi ko‘rinishingizni tartibga keltirib olish uchun alohida vaqt ajrating. Bu asosan ayollarga, qiz-juvonlarga tegishli. Mabodo ortiqcha vazndan bezovta bo‘lsangiz, parhezga o‘ting, sport bilan shug‘ullaning. Kechqurun soat yettidan keyin ovqatlanmang. Oilalilar kechqurun o‘zga shaharga borib kelishlari, yaqinlari bilan jiddiy suhbatni boshdan kechirishlari mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
25 fevral kuni ertalab o‘zingizga o‘zingiz bilimlar berish masalasiga e’tibor qarating. Zarurat tug‘ilsa, professional kasbingiz bilan bog‘liq ish bo‘yicha malaka oshiring. Parizod burji ostida tug‘ilganlar bugun kun davomida ota-onalaridan albatta xabar olib qo‘yishlari kerak bo‘ladi. Ayniqsa, ular keksayib qolgan, xastalangan bo‘lishsa, sizning ko‘magingiz juda asqotadi. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing. Yog‘li va sho‘r, achchiq taomlar iste’molidan qoching.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kuningiz ko‘ngildagidek boshlanadi. Lekin ishda tashabbuskorlik talab etilishini ham unutmang. Shu jihatingizgina kuningiz bayramona kechishini ta’minlay oladi. Busiz ishda unum ham, daromad ham bo‘lmaydi. Ishxonangizdagi qarama-qarshi jins vakil yo vakilasi bo‘lmish hamkasbingiz bilan orangizda ishqiy sarguzashtlar paydo bo‘lishi mumkin. Baxtga qarshi bu sarguzashtlar uzoqqa bormaydi. Sergak bo‘ling.

ChAYОN (24. 10 — 22. 11)
25 fevral kuni xayolingizda vaqt juda katta tezlikda o‘tib borayotgandek tuyulib, hech narsaga ulgura olmaydigandek bo‘laverasiz. Bu holatdan chiqish uchun ishlarni puxta reja asosida amalga oshirishingiz zarur. Erkakmisiz, ayolmisiz, tashqarida ishqiy sarguzashtlarga berilishdan saqlaning. Buning oxiri yaxshilik bilan tugamaydi. Kechqurun bir-biridan yoqimli xabarlar eshitasiz. Bundan tashqari, xonadoningizga anchadan beri o‘zingiz kutayotgan qarindoshlar mehmon bo‘lib kelishi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Muhim hujjatlar bilan ishlashda juda ehtiyotkor bo‘ling. Aks holda yana qaytadan yugur-yugurlar boshlanishi mumkin. Moliyaviy masalada muvaffaqiyatlar sizni chetlab o‘tmoqchi emas. Basharti tanishlardan kimdir sizdan katta pul qarz olib bermay yurgan bo‘lsa, bu haqda eslatib qo‘yishingiz tavsiya qilinadi. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’moli bilan cheklaning. Sog‘lig‘ingizni mustahkamlay borish ham yodingizdan ko‘tarilmasin. Ehtiyotkor bo‘ling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
25 fevralda ishlaringiz, hal etilmagan muammolar oshib-toshganiga guvoh bo‘lasiz. Nima qilish kerak? To‘ppa-to‘g‘ri, ular yanada ko‘payib ketmasligi uchun bir chetdan harakatni boshlashingiz kerak. Moliya, tijorat bilan shug‘ullanuvchilar, bankirlar uchun kun omadli kechadi. Martaba masalasida yuqori cho‘qqilarni zabt etishingiz kutiladi. Hasadgo‘ylar nazaridan nari bo‘ling. Yaqinlaringizning ko‘ngliga og‘ir botadigan gaplarni gapirib qo‘yishdan saqlaning.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Imkon doirasida optimizm hadya etadigan ishlarni bajarishga harakat qiling. Chunki kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘lmaydi. Tushkun kayfiyat bilan duch kelgan ishga qo‘l urib ketishingiz faqat ziyon keltiradi. Tushdan keyin anchadan beri ko‘rishmagan do‘stingiz bilan uchrashib qolishingiz kutiladi. Aynan u kayfiyatingizni ijobiy tomonga o‘zgartira oladi. Uning yordamida shaxsiy hayot va ishdagi muammolardan qisqa fursatga bo‘lsa-da, chalg‘iysiz. Ruhan dam olasiz. Kuch yig‘asiz, mulohaza qilasiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
25 fevral kuni tunda uxlab ko‘rgan ajoyib tushingiz o‘ngidan kela boshlaganiga guvoh bo‘lasiz. Ishlaringiz, shaxsiy hayotingizda yorqin sahifalar ochila boradi. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda ehtiyotkor bo‘ling. Shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, buguncha uyda qoldirganingiz ma’qul. Ayrimlar yaqin manzilga safar qilish orqali moddiy manfaat ko‘radi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 25 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?