
Inson organizmida osh tuzining cho‘kindisi allergik reaksiyalar rivojlanishiga ko‘maklashadi. Bu haqda MedicalXpress nashriga tayanib xabar qildi.
Myunxen Texnika universiteti (Germaniya) olimlari atopik dermatit - surunkali allergik kasalligiga chalingan bemorlarning teri namunalarini tahlil qilishdi. Tahlil natijasida terining kasallangan qismlarida natriy darajasi normadan 30 barobar yuqori ekanligini aniqlashdi.
Mutaxasssislarning ta’kidiga ko‘ra, natriy xloridi T-hujayralarni interleykin-4 (IL-4) va interleykin-13 (IL-13) oqsillarini yuqori miqdorda ishlab chiqishga majburlaydi. Ushbu bog‘lanishlar inson organizmida muhim o‘rin tutadi, biroq, haddan ortiq miqdor teri yallig‘lanishi kasalliklarini tez sur’atda rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Qayd etilishicha, T-hujayralariga natriy xlorid ta’sir o‘tkazishi to‘xtatilishidan so‘ng allergik reaksiyalar sezilarli ravishda pasayadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar