QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun amalga oshiriladigan rejalaringiz juda ko‘p. Ammo ularning hech bo‘lmaganda yarmini yakun toptirish uchun o‘zingizga bo‘lgan ishonch keragidan ortiqni tashkil etishi lozim. Sizda faollik yetishmaydi. Shuning uchun organizmni zo‘riqtirib qo‘yishdan saqlaning. Kun davomida ish joyingizda rahbarlar bilan munosabatlaringiz a’lo darajada bo‘lishi kutiladi. Shaxsiy iltimosingiz qondiriladi. Agar ta’tilga ketishni xohlayotgan bo‘lsangiz, darhol harakatingizni qiling. Bu iltimosingiz ham qondirilishi tayin.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
27 fevral kuni yirik loyihalarni bir o‘zingiz mustaqil hayotga tadbiq etishingiz kerak bo‘ladi. Shunga yarasha pul olish payti yetganda, paket emas, qop topishingiz zarur bo‘ladi. Loyiha bahonasida siz hamkasblarga jami iste’dodingizni namoyish etasiz. Zahira pullarni bo‘lar-bo‘lmasga sarflamang. Yaxshi kunlar uchun olib qo‘ying. Qarindoshlar bilan munosabatlarda ehtiyot bo‘ling. Salomatlikni, asabni asrang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kuningiz jismoniy zo‘riqishlarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Faollik talab qiladigan suhbatlar, safar, ish jarayonidagi asabbuzarliklar aynan jismoniy zo‘riqishga sabab bo‘ladi. Agar qayergadir shaxsiy avtomobilingizda borishni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, texnik holatini ko‘zdan o‘tkazishingiz tavsiya qilinadi. Bilim olish, malaka oshirish va yangi tanishuvlar bugun muvaffaqiyatli kechadi. Oilalilar juftiga yon berishlari kerak. Busiz janjal kelib chiqishi mumkin.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
27 fevralda yangi tanishuvlardan, foydasiz uchrashuvlardan o‘zingizni olib qoching. Ularning faqat ziyoni tegadi xolos. Undan ko‘ra do‘stlar, tanishlar, hamkasblar, nihoyat qarindoshlar bilan munosabatlarni mustahkamlash payida bo‘ling. Oila qurmaganlarning ayrimlari bugun kunning ikkinchi yarmida tanlagani bilan ZAGS bo‘limiga yo‘l olishi mumkin. Kechqurun sizni kutilmagan sovg‘alar kutib turadi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun oldi-sotdi bilan shug‘ullanmaganingiz ma’qul. Firibgarlar changaliga tushib qolishingiz xavfi bor. Serqatnov yo‘llarni kesib o‘tishda, yo‘l yurishda juda ehtiyot bo‘ling. Salomatligingiz mustahkamlanish tarafdori. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar uchun muolaja vaqti yetgan. Shaxsiy biznesiga ega do‘stlarimiz katta «mol»ga pul tiksalar, bugun albatta muvaffaqiyat qozonadilar. Daromadi ham o‘ziga yarasha bo‘ladi.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
27 fevral kuni kuningiz muammolarga o‘ralashishdan iborat bo‘ladi. Bir ko‘ngilsizlikni bartaraf qilsangiz, keyingisi ko‘ndalang turaverib zeriktirishi mumkin. O‘tmishdagi xatolarni eslang. Agar ular takrorlanayotgan bo‘lsa, buning chorasini toping. Shunda ishlaringiz yana yurisha boshlaydi. To‘g‘ri, bir zumda hammasi haqiqatga aylanib qolmaydi. Bosqichma-bosqich yaxshilikka albatta erishasiz. Boshqa shaharga qilinadigan safar moddiy manfaat keltiradi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun intellektual amallarni ado etishingiz tavsiya qilinadi. Faqat charchadim demang. Shunday paytlar bo‘lganki, bugungidan battarroq ahvolga tushgansiz va albatta g‘olib bo‘lgansiz. Bolaligingizda do‘st tutingan bir insondan quvonchli xabar olishingiz mumkin. Shu bahonada tutingan do‘stingiz bilan munosabatlaringiz yana yangilanadi. Bugun azartli o‘yinlardan voz keching, inqirozga yuz tutasiz. Salomatligingizni asrang.
ChAYON (24. 10 — 22. 11)
27 fevralda ishlaringiz ko‘p va og‘ir bo‘lsa, jamoaviy tarzda bajarishga harakat qiling. Ruhan tushkunlikka tushishdan saqlaning. Hech bo‘lmaganda yaqin insonlar yordamga keladi. Kun davomida shamollab qolishdan o‘zingizni ehtiyot qiling. Ob-havoga qarab kiyining. Kechqurun yaqin insoningiz bilan biror kafeda kechki ovqatni tanovul qilishingiz kutilmoqda. Piyoda sayr qilishni ham unutmang.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugungi kun oson kechmaydi. Hech kim sizni eshitishni xohlamaydi, yordam zarur bo‘lsa, yuzini ters bura boshlaydi. Ha, shunday holatlar har bir odamning hayotida kuzatilishi mumkin. Bunaqangi holatlarda atayin ish qanchalar og‘ir bo‘lmasin, mustaqillikning etagidan tuting. Ezgu maqsadga albatta yetasiz. Kunning ikkinchi yarmida oila va farzandlar bilan bog‘liq stressli lahzalarga duch kelishingiz ehtimoli bor. O‘zingizni ehtiyot qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
27 fevral kuni atrofingizni o‘rab turganlarni obdon saralab olishingiz talab etiladi. Sizga yoqmaydigan, ko‘ngli qoralarni do‘stlar va tanishlar ro‘yxatidan o‘chirib tashlasangiz maqsadga muvofiq bo‘lardi. Zararli odatlarni ham quvib soling. To‘g‘ri, ulardan bir kundayoq qutulib bo‘lmasligi mumkin. Lekin keskin kurash boshlasangiz, tez orada xalos bo‘lasiz. Salomatligingiz bugun pand bermaydi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ish faoliyatingiz davomida yoqimsiz lahzalar paydo bo‘lishi mumkin. Bu shtat qisqarishi, maosh miqdori kamaytirilishi yoki mukofot pullar berilishining to‘xtatilishi bilan bog‘liq bo‘lishi haqiqatga yaqinroq. Muhabbatda oilalilar ham, oilasizlar ham maqsadga yetadi. Muvaffaqiyatsizlikka duch kelishmaydi. Oilasizlar nihoyat to‘y taraddudini ko‘rishga tushsa, yaxshi bo‘lardi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
27 fevralda hayotga, dunyoga, ish va shaxsiy hayotga real ko‘z bilan boqishingiz tavsiya etiladi. Illyuziyadan qoching. Undan ko‘ra ish bajirish harakatiga tushing. Oilasizlar muhabbatda tashabbuskor bo‘lishlari lozim. Shunda romantika sizning ixtiyoringizda bo‘ladi. Ayrimlar kechki payt safarga otlanishi kutiladi. Safar sizga qo‘shimcha kuch va moddiy manfaatdorlik hadya etadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?