21:41 / 02.03.2019
153 263

Sedananing inson organizmi uchun foydali jihatlari

Sedananing inson organizmi uchun foydali jihatlari
Sedana, arabchada shuniz, forschada “siyohdona”, ruschada chernushka posevnaya, lotinchada Nigella sativa deb ataladi. Sedana oʻlimdan boshqa barcha xastaliklarga shifo ekanligi haqida Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom tomonidan hadisi sharifda rivoyat qilingan.
Sharq xalqlari sedanadan oqilona foydalanib kelishgan. U koʻpincha kuyadori sifatida ham qoʻllanilgan.

Isbotlangan haqiqatlar
1959 yilda, xalqaro universitetlarda 200 tadqiqot oʻtkazilib, qora sedana xususiyatlari toʻgʻrisidagi hayratlanarli xulosalardan iborat maqola va maʼurazalar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan. Shunday qilib, 1400 yil oldin Paygʻambar (sav) ning hadislari yana bir marta oʻz isbotini topgan.

1989 yil Pokistonda nashr etiladigan tibbiy jurnalda qora sedananing noyob, tengsiz xususiyatlari toʻgʻrisida maqola nashr etildi. 1992 yil Doxa (Bangladesh) universiteti meditsina departamentida qora sedananing antibakterial xususiyatlari beshta kuchli antibiotik: ampitsilin, tetraksilin, kotrimokzazol, gentamitsin va nalidiks kislota bilan taqqoslab tadqiqot oʻtkazildi, qoʻlga kiritilgan natijalar, shubhasiz, kishini hayratda qoldiradi, qora sedana yogʻi oʻzini koʻp bakteriyalardan meditsina preparatlariga qattiq qarshilik koʻrsatadigan (koʻpincha xom goʻshtda uchratiluvchi v. xolera, ye. koli) bakteriyalardan ham kuchli, ustun va faolligini koʻrsatdi. 1979 yilda doktor Agarval tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar qora sedana yogʻi bola emizuvchi onalar sutini sezilarli koʻpayishiga sabab boʻlishini koʻrsatdi.

Pazandalikda
Sedana oʻzbek pazandachiligida ham qoʻllaniladi, uni non ustiga sepiladi. Non, somsa va boshqa pishiriqlarga sepiladi. Bundan tashqari sedana ziravor sifatida ham ishlatiladi. Bodring, karam, tarvuzlarni tuzlashda undan foydalanish mumkin.

Tabobatda sedananing urugʻi va yogʻidan foydalaniladi.
Tarkibida tana uchun kerakli moddalar mujassam. Urugʻi tarkibida 38 % gidrokarbonat, 35 % turli yogʻlar, 21% albumin (turli oqsillar) bor. Qolgan 6 % esa yuzdan ortiq foydali moddalar mavjud.

Inson tanasi yogʻ ishlab chiqarolmagani uchun uni tashqaridan olishga majbur. Bir gramm sedana insonga zarur kunlik yogʻ ehtiyojini qondira oladi. Shifokorlar sedanani isteʼmol qilish yoʻlining eng unumlisi uni ezib yeyish ekanligini taʼkidlashadi. Sedana immunitet tizimini mustahkamlab, rak, OITS kabi kasalliklarga qarshi tavsiya etiladi. Qon bosimi, isitmani tushirishi va tabiiy antibiotik kabi taʼsir kuchlariga ega.

Qanday kasalliklarga davo?
Sedana asab tizimi kasalliklari, ichki yaralar, gijja, ayollardagi ogʻriqli va anormal hayz sikli, rak kasalliklari, nafas olish yoʻllari kasalliklari, koʻngil aynishi va qayt qilish, boʻyrak va jigar kasalliklari, bosh va tish ogʻrigʻi, shamollash, koʻz xastaliklari, yurak, oshqozon kasalliklariga davo sifatida qoʻllaniladi. Organizmni mustahkamlash uchun ovqatdan soʻng 1 choy qoshiq qora sedana (kunlik miqdor, bundan koʻpaytirish tavsiya etilmaydi) isteʼmol qilinadi.

Sedana yogʻi ona sutini ham koʻpaytiradi.

Qora sedana yogʻi soch oʻsishini yaxshilaydi va sochlarning erta oqarishini oldini oladi. Foydali xususiyatlari:
*Mikrob, virus va turli zamburugʻli (gribkovыye) viruslarga qarshi nobud qiluvchi taʼsirga ega.
*Qondagi shakar miqdorini tushiradi.
*Hazmni qulaylashtiradi.
*Vujudni zaharlardan tozalaydi.
*Yaralarni tuzalishiga va hujayralarni yangilanishiga yordam beradi.
*Allergik kasalliklarga foydali.
*Immunitet tizimini kuchaytiradi.
*Gormonal tizim va ruh holini sogʻlomlashtiradi.
*Bolalarda asab va teri kasalliklari, astma va allergiyada tavsiya etiladi.

Qoʻllash uslublari: Kasalliklarni oldini olish maqsadida ertalab va kechqurun och qoringa ovqat yeyishdan 15-20 daqiqa oldin 1 choy qoshigʻi yangi yanchilgan sedana yeyish kerak. 6 oy mobaynida isteʼmol qilish kerak.

Qon bosimi balandligi uchun: Nahorda va kechqurun och qoringa ovqatdan 15-20 daqiqa avval 1 choy qoshigʻi sedana va qovrilmagan kunjut bilan birgalikda yanchilib yeyiladi. Muolaja 6 oy davom etishi kerak.

Sedana choyi: Bir stakan qaynoq suvga 1 choy qoshigʻi yangi yanchilgan sedana solinadi, soʻngra usti yopilib 10 daqiqa tindiriladi. Soʻngra suzib olinib ichiladi. Bir kunda 2-3 stakan ichish mumkin.

Astma va yoʻtalda: Koʻkrak qafasi sedana yogʻi bilan zaytun yogʻi aralashmasi bilan uqalanadi. ¼ miqdorini til ostida ushlanadi.
Ich ketishi: 1 choy qoshiq sedana yogʻini bir piyola qatiq bilan aralashtiriladi. Bu aralashmani 3 kun mobaynida kuniga 2 marta isteʼmol qilanadi.
Bosh ogʻrigʻi: 1 osh qoshiq yanchilgan qora sedana,1 osh qoshiq yanchilgan anis,1 osh qoshiq yanchilgan qalampirmunchoq (gvozdika)Ovqatdan avval 1 choy qoshiqdan isteʼmol qilinadi. Qorishmani yutish uchun yengil boʻlgunga qadar ogʻizda ushlanadi. Suv bilan isteʼmol qilmang!
Revmatizm: Biroz miqdorda zaytun bilan aralashtirilgan sedana yogʻi qizdiriladi, va ogʻriq bor joy bu aralashma bilan uqalanadi.
Teri kasalliklarida: 1.5 choy qoshiq sedana yogʻi 1 osh qoshiq zaytun yogʻi bilan aralashtiriladi. Hosil boʻlgan aralashmani yuzga surib 1 soat terida qoldiriladi. Soʻngra yuvib tashlanadi.
Bosh aylanishi: Sedanali choy ichish tavsiya etiladi. Shuningdek yuz osti va boʻyin orqasiga suriladi.
Quloq ogʻriganda: Quloq ogʻriqlarida va yuqumli kasalliklarda qora sedana yogʻi quloqqa tomiziladi.
Toʻlgʻoq tutganda: Toʻlgʻoq ogʻriqlarini yengillatish uchun sedanani qizidirib, soʻngra asal solib ichish tavsiya etiladi.
Rak kasalliklarida: Sedana yogʻini shikast yetgan joyga suriladi. Kuniga 3 marta 1 choy qoshiq sedana yogʻi va 1 stakan yangi chiqarilgan sabzi suvi (ichishdan avval chayqating) ichish kerak. Bu ichimlik 3 oy davomida ichiladi.
Xotirani yaxshilash uchun: Yalpizni qaynatib olib va soʻngra uni asal va 7 tomchi sedana yogʻi bilan aralashtiriladi. Issiq holatda xohlagan paytingiz ichasiz. Shuningdek choy va kofe ichishni kamaytiring.
Dangasalikka qarshi: 10 tomchi sedana yogʻini bir stakan apelsin soki bilan birgalikda isteʼmol qilish tavsiya qilinadi. Sedananing yanchilgan va asal bilan aralashtirilgan aralashmasi buyrak va oʻt pufagidagi toshlarni eritishda yordam beradi.

Qora sedana soch oʻsishini yaxshilab, uning erta oqirishini oldini oladi.

Isteʼmol qilish tartibi
Katta yoshli kishilarga: kuniga 1 choy qoshigʻidan kuniga 2 mahal, ertalab va kechqurun ovqatlanishdan soʻng, har qanday iliq ichimlik bilan.
Bolalarga: yarim choy qoshigʻida kuniga 2 mahal, ovqatlanishdan soʻng, har qanday iliq ichimlik bilan.

Davolanish uchun sedanani oʻzini isteʼmol qilish kerakmi yoki uning yogʻi afzalroqmi, degan savol tugʻilishi mumkin. Sedana yogʻi hozirgi vaqtda ikki xil sedanadan olinadi, Saudiya va Efiopiya sedanasi. Sedananing har ikkala turi birdek foydali.

Sedana yogʻining haqiqiy va tozasini tanlash zarur. Baʼzi noinsof sotuvchilar qulay va nopok daromad ketidan quvib, qora seadna yogʻiga arzon paxta yoki pista yogʻini qoʻshib sotish hollari uchrab turadi. Shuning uchun uni sotib olishda ishonchli sotuvchidan olishga, qoʻlbola tarzda emas, fabrikada tayyorlanganiga, upakovkasiga va eng muhimi sovuq (qizdirilmasdan) holda siqib olinganligiga eʼtibor berish zarur. Faqat shunday holatdagina sedana yogʻi foydali xususiyatlarini saqlab qolganiga ishonch hosil qilish mumkin.

Ogohlantirish
Homilador ayollarga va aʼzolari (jigar, buyraklar, yurak) transplantatsiya qilingan kishilarga qora sedana va sedana yogʻi isteʼmol qilish man qilinadi, uni isteʼmol qilinganda organizm immuniteti koʻtariladi, bu esa jarrohlik yoʻli bilan qoʻyilgan oʻzga aʼzolarning begonalashuviga olib kelishi mumkin.

Qora sedana va uning yogʻini mutaxassisning maslahatisiz isteʼmol qilish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Har qanday sedana ham haqiqiy emas. Sedananing zaharli navlari ham oʻsadi.
Unutmang!!! Har qanday tavsiyani bajarishdan avval mutaxassis shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Farzona tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sedananing inson organizmi uchun foydali jihatlari