Bir haftadan beri kasalxonada davolanayotganini va jarrohlik amaliyotidan chiqqanini eshitib xayolimdan shunday oʻy oʻtdi: “Koʻrgan-kechirgani shu boʻlsin, inshaAlloh sogʻayib ketadi”...
Bolaligimizdan beri u bilan doʻst edik. Bemorligini eshitib xafa boʻldim. Ammo keyingi paytlarda u bilan tuzuk muomala qilmasdik. Yoʻlda uchrashib qolsak, koʻrmaganga olardim. Ammo bu ishimni notoʻgʻri deb bilmasdim ham. Boshqa – boshqa dunyo odamlari edik. Oʻqiydigan kitoblarimiz, doʻstlarimiz, hatto siyosiy tushunchalarimiz ham farqli edi. Dardi zoʻrayganini eshitib “Hozir ogʻrimagan jonning oʻzi yoʻq. Yostiqqa boshi tegsa, aqli kiradi” deb oʻyladim.
Toʻsatdan litseyni bitirayotganimda jarrohlik amaliyotiga yotganim esimga tushdi. Ogʻriq azobi ogʻir boʻlsa-da, yoʻqlab kelayotganlarning gʻamxoʻrligida sevinardim. Eʼtibor va mehr insonni xushnud qiladi.
Ammo hozir kasalxonada yotgan doʻstim oʻshanda meni koʻrgani kelganini qanday unutibman a? Boshimning ustida bir necha soat duo qilib oʻtirgan, ogʻriqdan chalgʻitish uchun hikoyalar oʻqib bergan doʻstimni shunchalik oson unutdimmi? Kasalxonadan chiqqanimdan keyin ham darslardan orqada qolganim uchun yonimda turib yordam bergan edi.
Doʻstim bilan bogʻliq xotiralar koʻz oʻngimdan kechar ekan, oʻsha kunlarga qaytgandek boʻldim. Bolaligimning goʻzal lahzalari ayni paytda kasalxonada yotgan oʻsha oʻrtogʻim bilan limmo lim toʻla edi. Ajabo, bizga nima boʻldi? Nega bir-birimizga bunchalik dushman boʻlib qoldik? Ikkimiz ham Allohning bandasi, bir paygʻambarning ummatimiz-ku? Tilimiz, qiblamiz, duoyimiz va bayrogʻimiz bir. Shu kin va nafratni nega haqiqiy dushmanlarimizga qoʻllamay bir-birimizga tuydik?
Savollar peshma pesh oqib kelaverar ekan, xatolarimni tushuna boshladim. Va Allohdan avf soʻrab, bemor doʻstimni ziyorat qilishga ahd qildim. Dardiga malham boʻlolmasam-da, hech boʻlmasa yuziga tabassum qoʻndirishga, koʻnglini shod qilishga harakat qilaman deb niyat qildim. Bir haftadan keyin Hayit nishonlanadi. Bolalikdagi doʻstimni yoʻqlash uchun hayit arafasi ayni muddao edi.
Sobiq sinfdosh oʻrtogʻim bilan yarashish uchun nima uchun uzoq yillar kechikkanimni va Hayit kunini nega kutganimni bilmayman. Lekin oʻsha Hayitdan beri uni ziyorat qilishga albatta vaqt topaman. Va meni kechirganini umid qilib qabrining boshida Qurʼon tilovat qilaman.
Junayd Suavi
Turk tilidan Umida Adizova tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi