10:47 / 09.03.2019
5 025

“Eskicha zamon» deganingiz qaysi oʻzi?

“Eskicha zamon» deganingiz qaysi oʻzi?
Bir davrada dasturxon atrofida taomlanib oʻtirgan edik. Oʻtirganlardan biri sal oldin qilgan maʼruzamga ishora qilib, masxaralash ohangida shunday dedi:
– Gaplaringizdan shuni angladimki, siz shariat hukmlarini tatbiq qilib, bizni eskicha zamonga qaytarmoqchisiz chogʻi?!!

Men uning savoliga bir talay savollar bilan javob bera boshladim:
– Qaysi eskicha zamonni aytyapsiz?!

500 (besh yuz) yil dunyoning yarmini boshqarib, yuz yil oldin tugatilgan hukmdorlik zamonini aytyapsizmi?!
Yoki Islom saltanati himoyasida yashab, har-bir hukmni xilofotning ruxsati bilan qabul qilgan Yevropa podshohlari haqidami?!
Yo dunyoni moʻgʻil-tatarlar zulmidan xalos etgan Mamluklar zamonini aytyapsizmi?!

Balki, dunyoning yarmiga hukmronlik qilgan Abbosiylar yoki ulardan oldingi Umaviylar, yo boʻlmasa, dunyoni adolatga toʻldirgan xazrat Umar zamonini aytayotgandirsiz?!

Yo eskicha zamon deganingiz, Rum podshohiga maktub yozarkan, uni: “Moʻminlar amiri Horun Rashiddan Rum iti Naqfurga“, deb boshlagan hukmdor zamonimi?!
Yoki Italiya va Fransiyani oʻz qoʻshinlari bilan qurshab olgan Abdurahmon Doxil zamoninimi?!
Bu siyosiy taraflari!

Yoki siz eskicha zamon deb, Ibn Sino, Farobiy, Ibn Jobir, Xorazmiy, Ibn Rushd va Ibn Xoldun kabi arabu ajamga tibbiyot, dorishunoslik, muhandislik, falakiyot va sheʼriyatni oʻrgatgan buyuk olimlar yetishib chiqqan zamonlarni aytyapsizmi?!

Yoki bir yahudiy bir muslima ayolning hijobini ermak qilganida u ayol: “Hoy Moʻtasim!”, deb baqirganini boshqa shahardan turib eshitgan va u shaharga otliq tortib, haligi yahudiyni u yerdan badargʻa qilgan Moʻtasimning karomat zamoninimi?!

Yoki Yevropa boʻylab, ilk bor Ispaniyada universitet ochgan musulmonlar zamonini aytyapsizmi? – Bugun barcha universitetlarning bitiruvchilari kiyadigan maxsus kiyim ham oʻsha “eskicha zamondagilar”dan qolgan. Lekin bosh kiyimini oʻzgartirishdi. Ilgari bitiruvchilar boshlariga Qurʼoni karimni qoʻyar edilar, hozir esa shlyapa kiyadilar.

Yo Qohira dunyoning eng goʻzal shahri boʻlgan zamonni aytdingizmi?!
Yoki bir Iroq dinori 483 AQSH dollariga teng boʻlgan zamonnimi?!
Yoki Yevropaning faqir askarlari Iskandariyadan yordam soʻragan zamonni qasd qildingizmi?!
Yoki Amerika Yevropaning ocharchilikdan chiqishi uchun Misrdan yordam soʻragan zamonini aytyapsizmi?!

– Ayting, qaysi eskicha zamonni aytyapsiz oʻzi?!..
U esa jim boʻlib qoldi...
Arab tilidan Ikrom Sharif tarjimasi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Eskicha zamon» deganingiz qaysi oʻzi?