10:23 / 24.03.2019
3 391

30 yoshni qarshi olganlar uchun 6 ta foydali maslahat

30 yoshni qarshi olganlar uchun 6 ta foydali maslahat
40 yosh – bu ajoyib davr. Aynan shu vaqtda biz yoshligimizga nazar solib, bizni shu darajagacha yetib kelishimiz uchun nimalar qilganimiz haqida oʻylab qolamiz.

20 yoshimizda ayni kamolotga yetib, jamiyatda oʻz oʻrnimizni topishga intilamiz. Bu vaqtda yayrab, oʻynab-kulib, har lahzani tashvishsiz oʻtkazishga harakat qilamiz.

30 yoshda esa tanlagan kasbimiz, turmushimiz va farzandlar orqali oʻz ijtimoiy mavqeimizni yaratishni maqsad qilamiz.

40 yoshi qarshi olganda biz oʻzligimizni yaxshi bilamiz va oʻz shaxsiy olamimizda xotirjam yashashni boshlaymiz. Chunki biz istagan orzularimizning deyarli barchasiga yetishgan boʻlamiz.

Biroq, bu tushuncha rostmi? Axir hayotimizning ayni gullagan davri boʻlmish 40 yoshda oʻzimizni xotirjam va qatʼiy his qilish oʻrniga yuksalish va tezda qulash davri haqida qaygʻurib, koʻplab majburiyatlarimizni amalga oshirish uchun tinimsiz harakatda boʻlamiz.

Ayni damda siz qilayotgan barcha ishlarning albatta, kelajakka taʼsiri boʻladi. Agar siz oʻttiz yoshni qarshi olgan boʻlsangiz yoki sochingiz oq oralab, yoshingiz qirqni qoralashga shay turgan boʻlsa, quyidagi mulohazalarga quloq tutishingizni maslahat beramiz.

1. Hayotingiz siz istaganingizdek boʻlmaganidan nolishni bas qiling!

Yoshligimizda 30 yoshga kirgach, biz barcha narsaga aniq erishgan boʻlamiz, degan tasavvurda boʻlamiz: sevimli ish bilan shugʻullanish, yaxshi uy, goʻzal turmush va farzandlar. Biroq hayot har doim ham biz oʻylagandek davom etavermaydi. Oʻttiz yoshda inson atrofdagilardan katta bosimni qarshi oladi. Shunday holda, barchasi qanday boʻlishi kerak boʻlsa, shunday sodir boʻldi, deb hisoblaymiz. Aks holda, oʻzimizni omadsizlikda ayblaymiz.

Bularning barchasiga biz oʻrganib qolgan modal feʼllar – “menda boʻlishi shart”, “men olishim kerak”, “ishim zoʻr boʻlishi lozim” kabi fikrlar sababchidir. Agar siz oʻzingizni baʼzan ojiz sezsangiz, xafa boʻlmang. Siz yolgʻiz emassiz. Vaqtingizni siz hozirgi kungacha erisha olmagan narsalar haqida oʻylashga sarflamang. Shunchaki, hayotdan zavq oling, har bir narsaning oʻz oʻrni bor.

2. Kamroq ishlang

Oʻttiz yoshni qoralaganimizda biz asosiy oʻringa ishni qoʻyamiz. Biz qancha koʻp mehnat qilsak, shuncha baxt va muvaffaqiyatga erishadigandek tuyuladi. Ammo, vaqt oʻtgan sayin yaqinlarimiz bilan oʻtgan damlar biz tinim bilmay qoʻlga kiritishga uringan pullardan afzal ekanligini fahmlay boshlaymiz.

3. Koʻproq tavakkal qiling

Jamiyatdagi insonlarning bosimi va biz kutmagan natijalar oqibatida biron bir qaror qabul qilishda juda ham ehtiyotkor boʻlib qolamiz. Natijada, biz oʻzimizni koʻp narsalardan cheklashni boshlaymiz.

Sayohat qiling, orzuingizdagi mashgʻulot bilan shugʻullaning. Tavakkal qilishdan qoʻrqmang – siz yoshingiz oʻttizdan oshgani uchun oʻz tilaklaringizdan voz kechishga majbur emassiz!

4. Sport bilan shugʻullanib, sogʻlom turmush tarzini olib boring

Jismoniy zoʻriqish yetishmovchiligi va zararli taomlar isteʼmol qilishga odatlanish qirqqa toʻlganingizda oʻzingizni qanday his etishingizni koʻrsatadi. 50 yoshni qarshi olganingizda oʻz qomatingizni saqlab qolish va odatlardan voz kechish anchayin mushkul boʻladi. Shunday ekan, koʻproq sport bilan shugʻullanishga va foydali taomlar yeyishga oʻzingizni oʻrgating. Keyinchalik oʻzingizga rahmat aytasiz.

5. Vaqtingizni koʻproq ota-onangiz bilan oʻtkazing

Biz ota-onalarimiz hamisha yonimizda boʻlishadi, deb oʻylaymiz. Ammo yoshingiz ulgʻaygach, ular qay darajada keksayib qolishganiga guvoh boʻlasiz. Aynan shu davrda koʻpchilik ular bilan birga boʻlmaganidan afsuslanadi. Axir yillar oʻtgach, ular uzoq joylarga borib, dam olishga, tik oyoqda sayr qilishga oʻzlarida kuch topa olmay qolishadi. Shu sababli, ota-onangiz bilan koʻproq birga boʻlishga harakat qiling: suhbatlashing, birgalikda dam oling, qandaydir qiziqarli va maroqli ishlar bilan shugʻullaning.

6. “30 yosh – bu qarilik belgisi” degan fikrdan xalos boʻling!

Koʻpchilik 30 yoshni qarshi olgach, tushkunlikka tusha boshlaydi. Aynan shu sababli, ayrimlar “endi bu ish uchun kattalik qilaman” degan tushuncha bilan oʻzini koʻp narsadan cheklashni boshlaydi. Lekin, aslida unday emas-ku! Hayotingiz navqiron yigirma bahoringizdan anchayin olisga uzoqlashgani yoʻq.

Siz hanuz yosh va betakrorsiz! Shunday ekan, oʻz irodangizni mustahkamlab, yangi orzular tomon yoʻl oling. Fikrlar namoyishi – bizning hayotimizni belgilab beradi. Sizdan talab qilinadigan birgina narsa – olamga oʻzgacha nazar tashlash va har qanday yoshda ham oʻzingizni baxtli his etish mumkinligini anglashdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 30 yoshni qarshi olganlar uchun 6 ta foydali maslahat