
Amerikalik diyetolog Robin Forutanning gapiga qaraganda, yangi uzilgan mevadan darhol sharbat tayyorlansa, bu sharbat inson organizmiga foydaning oʻrniga zarar yetkazarkan. Chunki meva ezilgan mahal tarkibidagi polifenol va antioksidantlarni yoʻqotadi. Oqibatda bu sharbat qondagi qand miqdori keskin oshishiga sababchi boʻlib, qandli diabet xastaligini keltirib chiqaradi.
Hatto, sabzi va lavlagi sharbati ham organizmga foyda bera olmaydi. Shuning uchun diyetolog barchaga maksimum yarim stakandan sharbat ichish bilan cheklanishni maslahat beradi. Shunda ham haftada bir marta ichish kifoya qiladi. Qolaversa, meva sharbatini sharbat ezish uskunasida emas, blenderda tayyorlash zarurligini uqtiradi. Shunda mevadagi polifenol va antioksidantlar oz miqdorda boʻlsa-da saqlanib qoladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar