06:00 / 01.04.2019
7 844

Munajjimlar bashorati: 1 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 1 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)
Ertalabdan ruhiy holatingizga alohida eʼtibor qarating. Chunki asab tomirlaringiz tarang tortilgan boʻlsa, turli xastaliklarni keltirib chiqarishi hech gap emas. Kun davomida uy yumushlari bilan band boʻlish, sevimli xobbingizni esga olib qoʻyish va tabiat qoʻynida dam olib qaytish ham ziyon qilmaydi. Bahor faslining tarovatidan bahra olasiz. Qushlarning sayrashini tinglab asablarni tinchlantirasiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
1 aprelda yangi ishlarga hayajonlarsiz, xavotirlarsiz qoʻl ursangiz boʻladi. Faqat oldin puxta reja tuzib oling. Shunda barchaga oʻz isteʼdodingizni keng namoyish eta olasiz. Bugun surunkali xastaliklarga qarshi profilaktika amallari, organizmni turli ortiqcha moddalardan tozalash muvaffaqiyatli kechadi. Oilasizlar esa kechqurun romantik uchrashuvga otlanishlari mumkin. Tetikroq boʻling! Baxtingizga koʻz tegmasin!

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kuningiz yaxshidan ham yaxshiroq kechishi kutilmoqda. Kun boʻyi qoʻlga kiritadigan muvaffaqiyatlaringizdan siz bilan birga oila aʼzolaringiz ham zavqlanishadi. Shamollashdan ehtiyot boʻling. Hozir bahor, bu kabi xastaliklarning yuqishi oson boʻladi. Ish joyingizda ayrim hamkasblarning hasad koʻzi bilan boqishiga eʼtibor bermaslikka harakat qiling. Janjallar kelib chiqishidan saqlaning. Salomatligingiz haqida qaygʻuring.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
1 aprel kuni yaqin oʻtmishda bajarilmay qolib ketgan ishlarni yakuniga yetkazish niyatida yelib yugurasiz. Qoʻrqmang, buning uchun kuchingiz ham, imkoniyatlaringiz ham yetarli boʻladi. Ammo vaqt yetmay qolishi mumkin. Shoshilishingiz kerakka oʻxshaydi. Agar doʻstlar orasidan qoʻllab-quvvatlaydigan odamni topa olsangiz, albatta muvaffaqiyat qozonasiz. Uxlashga yotishdan oldin ogʻir hazm boʻluvchi taomlar isteʼmol qilmasligingiz tavsiya etiladi. Shundoq ham ortiqcha vaznga ega boʻlib ulgurgansiz.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Garchi qaysidir masalada nohaq boʻlishsa ham yaqinlaringizni tanqid ostiga olishdan, jahl qilishdan tiyiling. “Oʻzing har kuni suv ichadigan quduqqa tupurma”, degan naqlni yodga oling. Moliyaviy ahvolingizga bugun barcha havas qilsa arziydi. Puldan kamchilik koʻrmaysiz. Ammo kimlardandir qarzingiz boʻlsa, bugundan qoldirmay toʻlab qoʻyishingiz shart. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Kimdir mehmonga chaqirsa, rad etmang. Mehmondorchilik sizga ruhan madad berishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
1 aprelda negadir zerika boshlashingiz, oʻzingizni bu yorugʻ olamda yolgʻiz his eta boshlashingiz mumkin. Doʻstlardan, hatto qondoshlardan nari boʻlgan holda yolgʻiz qolishni istay boshlaysiz. Bu ham qaysidir maʼnoda sizga yordam berishi turgan gap. Rejalarni puxtalab olasiz. Ruhan tetiklashasiz. Tadbirkorlar bugun kunning ikkinchi yarmida yangi kelishuvlarga erishishlari mumkin. Kelishuv shartlari sizga ham, hamkorlarga ham juda maʼqul boʻladi. Pulingizga pul qoʻshilsin.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kuningiz ogʻir kechishi kutiladi. Biroq muammolarni bartaraf etishda yaqinlaringizdan biri yordamga keladi. Hatto, uyga ish olib kelsangiz ham u sizga koʻmakdosh boʻladi. Kechki payt doʻstlarning biridan yoqimli xabar eshitasiz va oʻzingizni yettinchi osmonda parvoz qilayotgandek baxtli his etasiz. Lekin koʻzlangan daromaddan umid qilmang. Taqdirda boriga shukr qilib turasiz.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
1 aprel kuni eng muhim ishlar allaqachon bajarilib boʻlgani sababli boʻsh vaqtingiz yetarlicha boʻladi. Dam olish, tabiat qoʻyniga chiqib havo almashtirish imkoniga ega boʻlasiz. Shaxsiy hayotingizda ayrim muammoli lahzalar yuzaga kelishi mumkin. Oilasizlar boʻlgʻusi juftiga nisbatan munosabatlarda muammoga duch kelishlari mumkin. Tanaffuslar eʼlon qiling. Uzogʻi bilan bir haftada munosabatlar asl holiga qaytadi.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kuningiz yorqin vaziyatlarga boy boʻlishi kutilmoqda. Agar dunyoga, hayotga optimist nazari bilan boqa olsangiz, togʻlarni ursangiz, tolqon qila oladigan darajada qoʻshimcha kuch olasiz. Balki doʻstlar bilan sayohatga chiqishingiz kerakdir? Unda shoshiling va qoʻngʻiroqlashing. Salomatlik masalasida oshqozon va boʻgʻimlarda jiddiy muammolar yuzaga keladi. Shoshiling, salomatlikni tiklash payiga tushing.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
1 aprelda shaxsiy hayotingizda qaltis vaziyatlar koʻndalang boʻlishi ehtimolga yaqin. Ammo bu vaziyatdan oʻz kuch va imkoniyatlaringiz koʻmagidagina chiqib keta olasiz. Chetdan kimdir kelib sizni tortib olmaydi. Juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingizning fikrlari bilan ham hisoblashishni unutmang. Qimmatbaho buyumlar, jihozlarni xarid qilishga shoshilmang. Moddiy ahvolingiz koʻtarmaydi. Tejamkor boʻling!

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
Agar imkon boʻlsa, koʻproq harakatlaning, kerak boʻlsa, raqs tushing, qoʻshiq kuylang. Bahoriy havo sizga qaysidir jihatdan salbiy taʼsir oʻtkaza boshlagandek. Xuddi shu noqulayliklarni harakatlar yordamida yoʻq qila olasiz. Kamchiliklaringizni koʻrgan sari tushkunlikka tushish oʻrniga oʻz ustingizda koʻproq ishlashga harakat qiling. Oila qurmaganlar kunning ikkinchi yarmida ajoyib bir tanishuvni boshdan kechirishlari mumkin. Agar gap romantikaga burila boshlasa, tashabbusni oʻz qoʻlingizga oling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
1 aprel kuni hayotni butkul oʻzgartirish niyatida oqimga qarshi suza boshlashingiz kutiladi. Ish ham joningizga tekkan kabi hech narsaga hafsala qila olmay qiynalasiz. Biroq bu narsa sizga faqat ziyon yetkazishi mumkin. Undan koʻra qoʻshimcha daromad keltiradigan ish toping. Shaxsiy biznesiga ega doʻstlaringiz boʻlsa, ulardan maslahat soʻrang. Ular sizga albatta yordam berishadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 1 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni vaʼda qilmoqda?