Soʻnggi yillarda moliya sanoatidagi eng yorqin hodisalardan biri moliyaviy-texnologik inqilob natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy savdodir. Savdo amaliyotlarining professional brokerlar qoʻlidan alohida treyderlar qoʻliga oʻtishi yangi savdo metodologiyalarini kashf qilish uchun qulay muhit yaratdi. Ijtimoiy treyding anʼanaviy savdo amaliyotini onlayn hamjamiyatlar bilan birlashtiradi, shuningdek u ham endigina ish boshlagan, ham tajribali treyderlar uchun koʻplab ustuvor jihatlarga ega. The Next Web ularning toʻrttasi bilan boʻlishdi.
1. Bu vaqtingizni tejaydi
Ijtimoiy savdo bilan birga eToro tomonidan ixtiro qilingan va patentlangan “savdoni nusxalash” yuzaga keladi. Nusxalar savdosi treyderlarga real vaqt rejimida boshqa treyderlarning xatti-harakatlarini nusxalash imkonini beradi. Nusxa olingan treyder bilan nusxa olganga bir xil sarmoya kiritiladi. Shu tariqa, faol savdoga kamroq vaqt ajratishni maʼqul koʻruvchi odamlar boshqa treyderlarga ular uchun ishlash imkonini beradi. Albatta, pullarni begona qoʻllarga ishonib topshirish xavfli boʻlishi mumkin, bu esa bizni roʻyxatdagi keyingi bandga olib keladi.
2. Bu shaffof
Yuqorida koʻp odamlar oʻz pullarini begona qoʻllarga topshirishi haqida gap ketdi. Siz brokerdan foydalanasizmi yoki yoʻq, pensiya jamgʻarmasini ochasizmi yoki pullaringizni bankka qoʻyasizmi, umuman olganda, siz odamlarga oʻz nomingizdan sarmoya kiritish uchun pullaringizdan foydalanish imkonini taqdim etasiz. Bu misollarning bari umumiy oʻxshashlikka ega: siz odatda pullaringizni qayerga sarflanayotganini bilmaysiz.
Bu nusxalar bilan savdo qilishga kirmaydi. Taʼkidlash joizki, eToroʻda nusxa olish mumkin boʻlgan har bir treyder oʻzining ommaviy profiliga ega, u barchaga koʻrinadi. Treyderlarning eToroʻdagi profillari koʻplab qimmatli maʼlumotlarga ega boʻladi, bu esa salohiyatli nusxachilarga savdo tarixi, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklar nisbati, daromad va portfel tuzilmasi kabi intellektual nusxalar bilan savdo qilishga doir qarorlar qabul qilishda yordam beradi. Bundan tashqari, eToro har bir treyderga savdo bilan bogʻliq odatlar va strategiyalarga asoslangan raqamlar shaklidagi noyob xavf koʻrsatkichini beradi. Shu tariqa, treyderlar oʻzlarining tavakkal qilishga tayyorgarliklariga muvofiq keluvchi treyderlarni nusxalashi mumkin.
3. Bu sizga taʼsir oʻtkazish imkonini beradi
Hatto eng tajribali treyderlar ham butun bozorga egalik qila olmaydi. Baʼzilari AQSH yoki Yevropa kabi muayyan geografik bozorlarga ixtisoslashadi, boshqalari esa aksiyalar, tovarlar yoki kriptovalyutalar kabi aktivlar toifasini oʻzlashtiradi. Ijtimoiy savdo treyderlarni oʻzlari mustaqil ravishda chiqa olmaydigan bozorlarga olib chiqadi.
Misol uchun, biror kimsa oʻz mablagʻlarining bir qismini Osiyo bozoriga ajratmoqchi boʻlsa, u yangi bozorni oʻzlashtirishdek murakkab jarayonlardan oʻtish oʻrniga ushbu bozorga ixtisoslashgan (yoki muvaffaqiyat qozongan) treyderdan nusxa olib, maqsadiga erishishi mumkin. Yana bir misol sifatida aksiyalar savdosi boʻyicha tajribali, lekin boshqa aktivlar toifasida kengayish niyati boʻlgankimsani olish mumkin, bu holatda u ham kriptotreyderdan nusxa olish imkoniga ega.
4. Orqaga qadam tashlash imkonini beradi
Shuni doim yodda tutish kerakki, ijtimoiy treyding har doim ham vaqt yoki tajriba yetishmasligi bilan bogʻliq emas. Baʼzi treyderlar yetarlicha tajribali boʻlib, vaqtni tejashi mumkin, biroq oʻz portfellarini faol boshqarishdek “yuk”dan dam olishni xohlashi mumkin. Oxir-oqibat, kunduzgi savdo kabi qisqa muddatli savdo usullari yetarlicha talabchan va doimiy eʼtiborni talab qiladi, bu esa koʻp holatlarda stressni yuzaga keltiradi. Agar shunday boʻlsa, treyder nusxalash uchun boshqalarni tanlashi va uning oʻrniga savdo qilgunlariga qadar tez oʻzgaruvchi hayot tarzidan dam olishi mumkin.
Bugunga kelib biz Internet ijtimoiy makon ekaniga shu qadar koʻnikib ketdikki, qachonlardir ijtimoiy tarmoqlar boʻlmaganini yodimizdan ham chiqarib qoʻyamiz. Biroq ijtimoiy funksiyalar moliya sohasida hanuz yangilik hisoblanadi va bu soha rivoji uchun turtki beradi. Web 2.0 inqilobi Internetda odamlar va oʻzaro muloqot qilish usulini oʻzgartirgani kabi ijtimoiy savdo inqilobi anʼanaviy moliyalashtirish olamini oʻzgartirmoqda. Dadil aytish mumkinki, u rivojlanishda davom etadi va onlayn-treyderlarga omma kuchidan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishning yangi usullarini taklif qiladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”