QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Hayotning barcha jabhalarida tartib o‘rnatishga harakat qiling. Agar ilgari ishlaringiz chala qolib ketgan bo‘lsa, bugun ishlar boshingizdan oshib-toshishi tayin. Kun davomida asosiy vaqtingizni faqat shaxsiy muammolarni bartaraf etishga sarflashdan saqlaning. Oqimga qarshi suzmang. Baribir kutilgan natijaga erisha olmaysiz. Bugungi kun ijod va sevimli xobbi bilan shug‘ullanish uchun maroqli kechadi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
7 aprel kuni muammolarga bardosh bilan munosabatda bo‘ling. Tafakkurga suyansangiz, yaqin o‘tmishda yetisha olmagan orzularingizga albatta yetishgan bo‘lardingiz. Agar kuchli pozitivga ega odamlar bilangina suhbatlashsangiz, emotsiyangiz o‘zgarishlarsiz qoladi, sizga pand bermaydi. Muhabbatda hech kimni idealga aylantirishga urinmang. Ideallar faqat farishtalar hisoblanadi. Yerda esa oddiy odamlar yashaydi.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Moliyada, ishda va muhabbatda me’yorlar buzilishi, ko‘ngilsizlikka o‘xshagan vaziyatlar yuzaga kelishi kutiladi. Negadir vaziyatga to‘g‘ri baho berish uchun imkoniyat topa olmay qiynalasiz. Ro‘zg‘ordagi muammolarni joyida hal etishga harakat qiling. Birovlardan qarz olmang, olis kelajak haqida rejalar tuzmang. Ayrimlar bugun shamollashdan bezovtalanishlari mumkin, yo‘tal azob bersa, vitaminlar va antibiotiklar ichishingiz tavsiya qilinadi.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
7 aprelda hayotning o‘zi sizdan bardosh hamda iroda kuchini talab qila boshlaydi. Oilangizdagi atmosfera juda qaltis holatda turibdi. Ammo diplomatlarcha yo‘l tutish, har bir yaqiningizga kuchli mehr bilan yondashish orqali bu ko‘ngilsizliklarni chetlab o‘tsangiz bo‘ladi. Ijod kishilariga bugun moliyaviy jihatdan omad kulib boqishi kutilmoqda. Imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermang va orzuingizdagi daromadga ega bo‘ling. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Uxlashdan oldin sut mahsulotlari iste’moli bilan cheklaning.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun imijingizni keskin o‘zgartirishingiz talab etiladi. Bu nafaqat muhabbatda, balki professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarda ham alohida ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy masalada sizni rosmana sinovlar kutib turibdi. Barcha to‘lovlarni bugun amalga oshirishingiz kerak bo‘ladi. Basharti bilimingiz kamroq bo‘lsa, yangi loyihalarga qo‘l urishdan tiyiling. Bu yerda bilimdan tashqari, katta tajriba ham kerak bo‘ladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
7 aprel kuni faqat muvaffaqiyatlarga ruhan tayyor bo‘ling. Emotsiyangizni jilovda ushlang. Oilalilar kun davomida farzandlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratishlari lozim. Qarindoshlar va hamkasblar bilan munosabatlarda o‘zingizni haqiqiy aqlli va bilimdon insonlardek tuting. Bugun odam ko‘p to‘planadigan joylarga borishdan va biror ishga katta pul tikishdan saqlaning. Bular sizga yaxshilik keltirmaydi. Kechqurun kimdir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi mumkin.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Emotsiyangizni nazoratda ushlashingiz qiyin kechishi kutiladi. Stressli lahzalarni boshdan o‘tkazishingiz mumkin. Shunga qaramay, ishda, muhabbatda, shaxsiy hayotda faqat olg‘a qadam tashlayvering. Tadbirkorlardan kimdir raqobatchilar bilan huquqiy masalada bahslashishi yoki sudlashishi mumkin. Oilasizlar muhabbatda yon berishga moyil bo‘lishlari kerak. Aks holda sho‘ringizga sho‘rva to‘kilishi hech gap emas. Salomatligingiz haqida qattiqroq qayg‘uring.
ChAYОN (24. 10 — 22. 11)
7 aprelda vujudingiz kuchga to‘lib-toshishi kutilmoqda. Buncha kuch bilan okeanning u burchidan bu burchigacha to‘xtovsiz suzib o‘ta olasiz. Lekin okeandan suzib o‘tish shart emas. Kuchingizni foydali ishlar uchun asrab qo‘ying. Shaxsiy hayotda oqimga qarshi suzishga harakat qilmang. Atrofdagilar bilan janjallashib qolishdan saqlaning. O‘zingizni tashqi agressiyadan qattiq turib himoya qiling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun ruhan tetik va yorqin emotsiyaga ega bo‘lasiz. Umumiy ma’noda kuningiz ajoyib tarzda o‘tadi. Faqat moliyaviy muammolarni bartaraf etishda ayrim to‘siqlarga duch kelishingiz mumkin. Hisob raqamingizni tez-tez nazoratdan o‘tkazib turing. Ishda yangi loyihalarga qo‘l urishdan tiyiling. Agar yaqinda miyangizga ishingiz bilan bog‘liq g‘oyalar quyilib kelgan bo‘lsa, ular ijrosini keyinga sura turing. Salomatligingiz ham alohida e’tibor talab qilib qoladi.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
7 aprel kuni shunday ishlangki, xavf deyarli bo‘lmasin, natija esa kutilganidan ham a’lo bo‘lsin. Lekin bunday holatni juda qisqa fursatda yaratishingiz zarur bo‘ladi. Oilasizlarga muhabbatda bugun omad kulib boqadi. Hamkasblar bilan ish yuzasidan fikr va tajriba almashish kechqurunga borib o‘z mevasini beradi. Rahbarlaringiz bilan ehtiyotkorona munosabat yuriting.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Tadbirkorlar, shaxsiy biznesi borlar yaqin kelajakda yaxshi hamkorga aylanishi mumkin bo‘lgan odamlar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashlari kerak. Bugun qanday tezlikda ishlasangiz, qanday sifatga erishsangiz, kelgusida martabangiz shu bilan bog‘liq bo‘ladi. Shaxsiy hayotda har bir qadamingizni o‘ylab bosing. Ayniqsa, oila qurmaganlar bo‘lg‘usi jufti bilan sergaklikda muloqot qilishlari kerak. Tilingizga ehtiyot bo‘ling. Tag‘in juftingiz tashlab ketib qolmasin.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
7 aprelda atrofdagilarga o‘zingizni yuz foiz ko‘rsata olishingiz uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Ishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang. Shoshilinch qarorlar qabul qilishdan saqlaning. Bugun surunkali xastaliklarning qayta qo‘zg‘alish xavfi bor. Shamollashdan ehtiyot bo‘ling. Olis safarga otlanishdan voz keching. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”