10:02 / 07.04.2019
5 538

Olimlar inson xotirasini yaxshilaydigan 7 ta mahsulotni ma’lum qilishdi

Olimlar inson xotirasini yaxshilaydigan 7 ta mahsulotni ma’lum qilishdi
Amerikalik diyetologlar inson xotirasini yaxshilovchi mahsulotlarni aniqlashdi deb yozadi Sof.uz nashri.

Inson miyasini to‘laqonli ishlashini va xotirasini yaxshilash maqsadida kurkuma iste’mol qilish kerak. Olimlar fikriga ko‘ra, kurkumin va turmeron tufayli xushbo‘y ta’m inson xotirasiga foydali ta’sir qiladi. Bu tarkibi antioksidantlarga boy bo‘lib, inson miyasida xavfli jarayonlarni to‘xtatadi.

Xotira yanada mustahkamlash uchun yong‘oq iste’mol qilish kerak. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, doimiy ravishda yer yong‘og‘i, funduk, bodom, keshyu, pekana, kunjut, Braziliya yoki grek yong‘og‘ini is’temol qilinsa, ko‘proq ma’lumotlarni eslab qolish mumkin.

Diyetologlar aytishicha yong‘oqlar xotirani mustahkamlaydi va miya faoliyatini yaxshilaydi. Ushbu mahsulot optimal miya ishlash funksiyasini saqlab qolishga yordam beradi. Bundan tashqari, yong‘oq inson asabi va kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi.

Ko‘katlar doim har bir inson ratsionida bo‘lishi kerak. Petrushka, ukrop, shpinat, brokkoli A va K vitaminlariga juda boy. Ular inson miya sog‘lig‘i kaliti hisoblanadi. Bundan tashqari, ko‘katlar miyani stress va ortiqcha kuchlanishdan himoya qiladi.

Qator tadqiqotlar natijasida amerikalik mutaxassislar chernika mevasi nafaqat ko‘rish qobiliyatni yaxshilaydi, balki xotira va e’tiborni yaxshilaydi. Shuningdek, chernika yallig‘lanish qarshi va antioksidant moddalarga juda boy.

Kakao ham inson miya faoliyatni yaxshilashga yordam beradi. Olimlarning fikriga ko‘ra, dukkakli mahsulotlar muntazam iste’mol qilish natijasida - tonusni oshiradi, immun va asab tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi, qon bosimini pasaytiradi va viruslardan himoya qiladi. Kakaoning yoshartirish xususiyatlari ham mavjud.

Baliq - Omega-3 moddasining eng yaxshi manbai hisoblanadi. Bu mahsulot ham xotira va miyani mustahkamlaydi. Omega-3 kislotalari nerv hujayralari tomonidan yuborilgan signallarni kuchaytiradi va miyaning tezroq ishlashiga yordam beradi.

To‘g‘ri ovqatlanish mutaxassislari so‘zlariga ko‘ra, talab qilinadigan Omega-3 miqdorini olish uchun haftasiga kamida 2-3 marta baliq iste’mol qilish kerak. Vitamin va foydali elementlarini saqlab qolish uchun mahsulotni qovurish kerak emas.

Xotirani mustahkamlaydigan yana bir mahsulot bu tuxum sarig‘i. Uning tarkibida D va V vitaminlari, foliy kislotasi va xolin moddalari juda ko‘p.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar inson xotirasini yaxshilaydigan 7 ta mahsulotni ma’lum qilishdi