QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz og‘ir kechadi. Qalbingiz nafaqat mahzun, balki ishonch tuyg‘usidan ham mosuvo. Xo‘sh, bu yoqimsiz holatdan qanday xalos bo‘lish mumkin? Olamga optimistlarcha boqish va o‘zingizga bo‘lgan ishonch hissini kuchaytirish. Buning uchun hamma narsadan uziling. Hech narsani o‘ylamang. Yaqinlaringizga yanada ko‘proq mehr ko‘rsating. Ularni ranjitmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Salomatligingizni mustahkamlash bobida sezilarli harakatlar sodir eting.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
10 aprelda taqdir sizga juda yoqimsiz bir o‘yinni yuborishi mumkin. Bu o‘yin yordamida sizni har jabhada sinovdan o‘tkazishi tayin. Demak, qayg‘urishga asos yo‘q. Siz har jihatdan kuchli bir shaxsga aylanasiz. Kunning ikkinchi yarmida tashqi ko‘rinishingizga e’tibor qaratishingiz, salomatligingiz haqida qayg‘urishingiz lozim bo‘ladi. Kechqurun ish, turar joyni yangisiga almashtirish, xizmat safariga otlanish muvaffaqiyatli kechadi. Ovqatlanishda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ertalabdayoq o‘zingizni a’lo darajada his etishingiz kutiladi. Lekin martabangizni yuqorilatish masalasida kutib turishingizga to‘g‘ri keladi. Yaqin insoningiz ham qarab turmaydi. U o‘zining qaynoq mehri bilan qalbingizni isitadi. Rejalashtirilmagan xaridlarga mukkangizdan ketmang, inqirozga yuz tutasiz. Pul hali sizga ko‘p kerak bo‘ladi. Juda chiday olmasangiz, kechqurun yaqinlaringizga kutilmagan sovg‘alar xarid qiling. O‘zingizni ehtiyot qiling.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
10 aprel kuni kayfiyatingiz negadir yomonlashishi kutilmoqda. Hoynahoy, bunga havoning o‘zgaruvchanligi ham sababchi bo‘lsa kerak. Siz mardlarcha bu noqulaylik iskanjasidan chiqib asosiy ishlarni bajarishga kirishishingiz kerak. Agar kayfiyatning quliga aylansangiz, tirikchilikdan qolib ketasiz. Moliyaviy sohada yo‘qotishlarga yuz tutmaysiz. Shuning o‘zi ham sizga xush kayfiyat bag‘ishlashi mumkin. Basharti yaqin insoningiz yoningizda bo‘lsa, olis safar sizga bir olam taassurotlar va moddiy manfaat hadya etadi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Atrofingizda sodir bo‘ladigan ayrim ko‘ngilsizliklarga e’tibor berib o‘tirmang. Kayfiyatingiz nolimaydigan darajada yaxshi bo‘ladi. Organizmingizni mustahkamlashga oid muolajalarni oling. Bu suv, uqalash amali, sportzalda mashqlar bajarishdan iborat ham bo‘lishi mumkin. Kompyuter qarshisida uzoq o‘tirib qolishdan saqlaning. Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Undan ko‘ra, toza havoda piyoda sayr qiling, kitob mutolaa qiling, ko‘nglingizga yaqin odamlar bilan suhbatlashing.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
10 aprelda ajoyib bir inson bilan tanishib qolishingiz kutiladi. Tanishuv sizga kun davomida yoqimli lahzalarni hadya qiladi. Oilalilar hayotida ham kunning ikkinchi yarmiga borib romantika paydo bo‘lishi mumkin. Kechqurun xonadoningizga mehmonlar tashrif buyurib, sizga kutilmagan sovg‘alarni taqdim etishlari mumkin. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, navbatdagi muolajalarni olish payti yetdi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun ishda ham, dam olishda ham, ovqatlanishda ham qat’iy rejimga amal qilishingiz kerak. Salomatligingiz ham a’lo darajada emas. Shunday ekan, unga ham alohida e’tibor bilan yondashing. Dori ichish shart emas, oldin vrach qabuliga kirishingiz talab etiladi. Ro‘zg‘ordagi muammolarga hazil-mutoyiba bilan yondashsangiz, mushkulingiz tezroq oson bo‘ladi. Bunday kayfiyat sizdan montyorni ham, santexnikni ham kashf qila oladi. Bardam bo‘ling!
ChAYОN (24. 10 — 22. 11)
10 aprel kuni o‘z fikringizda qattiq turgan holda atrofdagilarni ham optimizm bilan boyitishga harakat qiling. Moddiy ahvolingizni yanada yaxshilash masalasida ham qo‘shimcha poydevor qo‘yish bugun muvaffaqiyatli kechishi mumkin. Shaxsiy hayotdagi muammolarni esa ortiqcha achchiq-tirsiqlarsiz hal etishga urining. Kechqurun imkon bo‘lsa velosipedda uzoq vaqt sayr qiling. Qon yurishadi, kayfiyat ko‘tariladi.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
An’analarni o‘zgartirish, hodisalarni o‘z yo‘rig‘ingizga yurgazish fikridan uzoq bo‘ling. Vaziyatga ishoning va shunday kayfiyatda harakatlar sodir eting. Moddiy ahvolingizda sezilarli siljishlar ko‘zga tashlanadi. Qarzlaringiz bo‘lsa, egalariga tarqatish, kommunal to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulay imkoniyat tug‘iladi. Oilasizlar muhabbatda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasinlar. Bu ularning bo‘lg‘usi jufti qarshisidagi obro‘siga putur yetkazishi mumkin.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
10 aprelda hatto bahorning o‘zgaruvchan havosi ham asabingizni buza boshlashi mumkin. Depressiya holatiga tushib qolmaslik uchun biror yoqimli mashg‘ulot topishingiz kerak bo‘ladi. Ishxonada yumushlarni puxta rejalarsiz amalga oshirishga urinmang. Shaxsiy hayotda esa aksincha tavakkal qabul qilingan qarorlar muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Ular sizga garmoniya hadya etadi. Asablarni ehtiyot qiling.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz yorqin va qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Kunni shunday tashkil etingki, jahonlarga arziydigan bo‘lsin. Kayfiyatingiz ham shunga yarasha pozitiv holatda kechadi. Birinchi navbatda to‘yib uxlash, keyin ish joyingizdagi ishlarni chin ko‘ngildan bajarish, ketidan qiziqarli va ajoyib insonlar bilan tanishishni reja qilib oling. Kechqurun toza havo sayridan aslo voz kechmang.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
10 aprel kuni romantikaga shu qadar berilib ketasizki, go‘yo bu xilqatdan xazina topgandek xursand bo‘lasiz. Bugun omad kechga qadar sizning ishonchli hamrohingizga aylanadi, ishonavering. Oilasizlar muhabbatda injiqlanishdan nari bo‘lsinlar. Undan ko‘ra azaliy orzularni haqiqatga aylantirish payida bo‘ling. Bu masalada ilk qadamni o‘zingiz tashlang. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”