00:25 / 11.04.2019
6 056

Munajjimlar bashorati: 11 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 11 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugungi kuningiz xavotirlar va qayg‘ulardan iborat bo‘lishi mumkin. Bunga arzirli sabab bo‘ladi albatta. Ammo o‘zingizni qo‘lga oling. Hayotda bundan battarlari ham bo‘lishi mumkinligini hisobga olib xotirjam tortishga harakat qiling. Kun davomida o‘z manfaatlaringiz haqida o‘ylash o‘rniga yaqinlaringizga mehr ko‘rsating. Shunda orangizda o‘ta sovuq munosabatlar zohir bo‘lsa-da, baribir erish pallasiga kiradi. Kechqurun ommaviy tadbirda ishtirok etishingiz kutiladi. Tadbir jamiyatda obro‘yingiz oshishiga turtki bo‘ladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
11 aprel kuni kimlar bilandir bahslashish, janjallashishingiz uchun arzirli sabablar yuzaga keladi. Lekin emotsiyani o‘zingizga bo‘ysundira olsangiz, bu janjallarni chetlab o‘tasiz. Bundan tashqari, muvaffaqiyatlar qozonish uchun yangi imkoniyatlar eshiklari ochiladi. Moliya masalasida juda sergak bo‘ling. Har bir tiyinni alohida hisoblang. Aks holda katta miqdordagi yo‘qotishlarga yuz tutishingiz hech gap emas.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ertalab sizga samodagi magnit bo‘ronlari ta’sir qiladimi, negadir kechagina vujudingizga sig‘may ketgan kuch birdan yo‘qqa chiqadi. Yo‘qqa chiqmasa-da, sezilarli darajada kamayib ketishi mumkin. Demak, ularni nihoyatda avaylab, tejab sarflashingiz kerak. Ko‘ngli qoralarga o‘zingizni xafa qildirib qo‘ymang. Yaxshisi, ulardan nari bo‘ling. Pulni tejab ishlatishingiz tavsiya etiladi. Xaridlarni amalga oshirganda ham buyum yoki jihozning narxiga albatta e’tibor qarating.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
11 aprelda qaysarlik va prinsipiallikni chetga surib har bir vaziyatga moslashish payida bo‘ling. Tilak va istaklaringiz reallikka asoslangan bo‘lishi kerak. Aks holda ularning haqiqatga aylanishi uchun juda ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Obro‘li odamlar bilan muloqot qilishda va asosiy ishlarni bajarishda bardosh zarur. Taqdiringizga tan bering. Shukr qiling. Salomatlikni asrang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun birinchi navbatda salomatlikni asrash masalasiga e’tibor qarating. Sog‘lig‘ingiz ovqatni rejim asosida tanovul qilmasligingiz oqibatida ham yomonlashishi hech gap emas. Uyingizdagi vaziyat va muhit emotsiyangiz qanday holatda bo‘lishi bilan bog‘liq. Tashqarida esa puldorlar, yuqori lavozimli shaxslar bilan qancha muloyim va diplomatlarcha munosabat yuritsangiz, shuncha tez ezgu niyatlarga yetasiz.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
11 aprel kuni og‘ir yuk ko‘tarish va jismoniy zo‘riqishlardan yiroq bo‘ling. Sport bundan qisman mustasno. Faqat suzish va yoga bilan shug‘ullansangiz, aksincha organizm uchun foyda bo‘ladi. Ruhiy tushkunliklar va bosimni o‘zingizdan haydab soling. Oilada ham sizning xotirjamligingiz juda kerak bo‘ladi. Kuting, yaxshi kunlar kelishiga astoydil umid bog‘lang. O‘sha kun albatta keladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun o‘zingizni shunday yaxshi tutingki, barcha ko‘rganlar hayratdan tosh qotib qolsin. Lekin dunyodagi omad va muvaffaqiyat deganning barchasi sizda bo‘lsa ham atrofdagilarga bildirmang. Sir boy bermang. Maqtanmang. Sport bilan shug‘ullanish jarayonida yurakka bosim o‘tkazib qo‘yishdan saqlaning. Kunning ikkinchi yarmida firibgarlar changaliga tushib qolishingiz xavfi bor. Pullaringizni yoningizda saqlang. Katta ishlarga pul tikmay turing. O‘zingizni ehtiyot qiling.

ChAYON (24. 10 — 22. 11)
11 aprelda shunday bir yoqimsiz vaziyatga tushib qolishingiz mumkinki, dunyo ko‘zlaringizga tor ko‘rina boshlaydi. Basharti bo‘lib o‘tadigan ishlarni oldindan seza olish qobiliyatingiz bo‘lsa, darhol unga murojaat eting va barcha ko‘ngilsizliklarning oldini oling. Shaxsiy hayotingizda mavjud muhitni boricha qoldiring. Oilasiz bo‘lsangiz, bo‘lg‘usi juftingizdan to‘yni tezlashtirishni hadeganda talab qilavermang. Kechqurun xizmat safariga jo‘nab ketishingiz mumkin. Safar ezgu niyatlarga yetishingizda katta yordam beradi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun ishda ham, shaxsiy hayotda ham faollikni kamaytirishingizga to‘g‘ri keladi. Agar vaziyatga qarshi borsangiz, yutqazasiz. Oilaviy hayotda yon berish masalasiga e’tibor qarating. Har bir gapingizni juda ehtiyotkorlik bilan tilingizga ko‘chiring. Ayniqsa, begonalar bilan tillashganda hushyor turing. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanishda me’yorni biling. Uydagilarni arzimas xato tufayli ranjitib qo‘yishdan saqlaning.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
11 aprel kuni vaqtingiz qandaydir zerikarli kechishi mumkin. Goh puldorlar, goh qashshoqlar qo‘ng‘iroq qiladi. Ana shunday lahzalarda o‘zingizni munosib tutishingiz talab etiladi. Garchi rahbar lavozimda bo‘lsangiz ham bundan o‘z manfaatlaringiz yo‘lida foydalanmaslikka harakat qiling. Muhabbatda illiyuziyaga berilmang. U sizni yo‘ldan ozdiradi. Bo‘lg‘usi juftingiz yoki juftingizdan ko‘p narsa talab qilmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ishda, ro‘zg‘orda va serqatnov yo‘llarning piyodalar o‘tish joyida juda e’tiborli bo‘ling. Xayolparastlikka uydan tashqariga chiqayotgandayoq nuqta qo‘ying. Anchadan beri birga ishlaydiganlarning qaysidir biri bugun ham ishlaringiz unumli kechishida yaqindan yordam beradi. Birgalikda bajarilgan ish esa kechqurunga borib kutilgan daromadni albatta beradi. To‘g‘ri, bu daromaddan boyib ketmasligingiz mumkin. Ammo pulsiz ham qolmaysiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
11 aprelda tafakkuringizni o‘zingizga bo‘ysundiring. Tuyg‘ular asiriga aylanmang. Hatto, kimnidir qattiq sevib qolsangiz ham tuyg‘ularni jilovda ushlang. Yolg‘onga qorishiq ishlar, tashqarida qarama-qarshi jins vakili yoki vakilalari bilan ishqiy sarguzashtlarga berilishdan darhol voz keching. Buning ajri yomon bo‘ladi. Salomatligingiz haqida qayg‘urishingiz shart. Agar anchadan beri biror yeringiz og‘rib azob berayotgan bo‘lsa, vrach ko‘rigidan o‘ting.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 11 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?