22:10 / 11.04.2019
7 481

Munajjimlar bashorati: 12 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 12 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Vaziyatga qarshi bormagan holda harakatlar sodir etsangiz, muvaffaqiyatlar o‘zingizniki deyavering. Moliyaviy muammolar ham bugun kissangizga va kayfiyatingizga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Asosiysi, o‘zingizga bo‘lgan ishonchni so‘ndirmang, xaridlarda me’yorni biling. Muhabbatda esa azaliy tajribangizni chetga chiqarib qo‘ymang. Hali u sizga ko‘p kerak bo‘ladi. Ayniqsa, oilasizlar bu masalada hushyor bo‘lishlari talab etiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
12 aprelda sizni eng yorqin lahzalar kutib qoladi. Hatto, bahor havosi ham bu lahzalar oldida xijolat torta boshlaydi. Har qanday vaziyatda ham o‘zingizni qo‘lga olishga harakat qiling. Muhabbat bobida ham bugun sizga omad kulib boqadi. Tuyg‘ular sizga eng yoqimli onlarni hadya etadi. Kechqurun eski qadrdonlardan yoki hamkasblardan biri haqida yoqimli xabar eshitasiz. Asablarni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Hayotingizda sodir bo‘ladigan yoki ko‘zga tashlanadigan har bir voqea-hodisa, borliqni boricha, shukronalik bilan qabul qiling. Taqdirning hadyalaridan zinhor voz kecha ko‘rmang. Ish joyingizda tajriba hamda tafakkurni ishga solishingiz tavsiya etiladi. Salomatligingiz pand berib, allergik xastaliklar qo‘zg‘alish xavfi bor. Ovqatlanish ratsioningizga bir ko‘z tashlab oling. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
12 aprel kuni boshingizga og‘ir savdolar tushsa, faqat o‘zingizni ayblang. Qayerdadir xatoliklarga yo‘l qo‘yishingiz ana shunday yoqimsiz holatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Parhez tutishni boshlang. Kam kaloriyaga ega taomlar iste’mol qiling. Toza havoda ko‘proq sayr qiling. Umurtqa pog‘onangizni mustahkamlashga qaratilgan jismoniy mashqlarni bajaring. Dangasalik ketmaydi. Moddiy ahvolingizni ham muvaffaqiyatli tarzda yaxshilashingiz zarur. Olg‘a boring!

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugungi kuningiz ajoyib kechishi kutiladi. Bugun siz istirohat bog‘larida yaqinlaringiz bilan birga sayr qilishingiz, chin ko‘ngildan dam olishingiz mumkin. Muammolar deyarli minusda. Demak, xavotirga o‘rin yo‘q. Organizmda moddalar almashinuvi yaxshilanishi uchun oshqozon va ichak yo‘llarida tozalov tashkil eting. Bu ishda sizga yangi uzilgan ko‘katlar yordam beradi. Ishoning, tozalovdan keyin xuddi dunyoga qayta kelgandek o‘zingizni yengil his eta boshlaysiz.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
12 aprelda hech kim tinchingizni buzmoqchi emas. Ishlaringiz besh bo‘ladi. Qalbingizni shubha-gumonlar tark etgan. Yangi ish boshlayverishingiz mumkin. Agar asosiy vaqtingizni tabiat qo‘ynida kechirsangiz, katta foyda olgan bo‘lardingiz. Martaba, lavozimlardan vaqtincha nari bo‘ling. Hali yuqori cho‘qqilarni zabt etishingizga picha fursat bor. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, muolajalar haqida o‘ylab ko‘ring.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ko‘chada, do‘stlar davrasida va yangi jamoada o‘zingizni yaxshi tutishingiz tavsiya etiladi. Ertalabdan nihoyatda asabiy bo‘lishingiz mumkin. O‘zingizni bosib, janjallar kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymang. Olis safarga chiqish bugun naf keltirmaydi. Shaxsiy hayotingizda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, aybni faqat o‘zingizdan qidiring. Bu yerda yaqinlaringizning aybi yo‘q. Kechqurun sizni do‘stlardan yoki tanishlardan biri mehmonga taklif qilishi mumkin.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
12 aprel kuni har bir qadamingizni hisob-kitob bilan bosing. Shunda hayotning o‘nqir-cho‘nqirlariga duch kelmaysiz. Duch kelgan odamga ishonib ketaverishdan tiyiling. Bu odatingiz bugun boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘yishi hech gap emas. Hozir o‘ng ko‘z chap ko‘zni o‘yib olar darajaga yetgan payt. Ehtiyotingizni qiling. Basharti tush ko‘rgan bo‘lsangiz, tushga qadar hech kimga aytmang. Yaxshi tush bo‘lsa, shunda albatta o‘ngidan keladi. Irimi shunaqa.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Muhabbatda oilasizlar xatoliklarga yo‘l qo‘yishni istamasalar, qalbiga quloq tutsin. Bo‘lg‘usi juftingizga ko‘nglingizni to‘liq ochib qo‘ying. Shunda taqdir sizni munosib mukofotlaydi. Uning dardiga jon deb sherik bo‘ling. Yoshi ulug‘, xasta qondoshlar holidan xabar olib qo‘shimcha savobga ega bo‘ling. Bu savobga dunyodagi bor boylikni yig‘ganda ham teng kela olmaydi. Chunki bu Ollohning mukofoti bo‘ladi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
12 aprelda hayot teatr, odamlar esa oddiy aktyorlar ekanini yana bir bor anglab yetasiz. Siz o‘sha aktyorlar orasida yashab o‘zingizni o‘zingiz tashqi xavfdan himoya etishingiz, yaqinlaringiz haqida qayg‘urishingiz lozim. Oyoqlaringiz ostida ko‘ndalang turgan muammolarni tafakkuringiz ko‘magida bartaraf etish imkoniga egasiz. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etish yo‘lida ishtahaga bir mushtlab qo‘ygan holda ish ko‘ring.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingizda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlarga erisha olmasligingiz mumkin. Ammo omad sizni baribir tark etmaydi. Har bir mayda ko‘ngilsizlikni yurakka yaqin olavermang, ko‘ngilsiz vaziyatga tushib qolishingiz mumkin. Muhabbatda oila qurmaganlarni bo‘lg‘usi jufti tuyg‘ular masalasida ko‘rikdan o‘tkazishga harakat qilishi kutiladi. Qanday qaror bo‘lmasin, zudlik bilan va dadil qabul qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
12 aprel kuni moliyaviy ahvolingizni yaxshilashda sizga tafakkur va qalbingiz yordam beradi. Jamoangizda injiq va ters xarakterli bir hamkasb paydo bo‘lishi mumkin. Undaylardan nari bo‘lganingiz ma’qul. Muhabbatda suyukli insoningizga nisbatan ochiq ko‘ngil va mehr bilan munosabat yuriting. Bugun ikki yoshni unashtirish va nikohdan o‘tish amallari xayrli kechadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 12 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?