
Savol:
Assalomu alaykum. Turmush qurganimga 2 yil bo‘ldi, jajji o‘g‘limiz bor. Allohga shukur, hammasidan ko‘nglim to‘q. Ammo erimning qiz sinfdoshi bor, oilali, eri qamoqda, 2 qizi bor. Xoh kechasi, xoh saharda qo‘ng‘iroq qiladi, SMS yuboradi. Har qanday muammolari-yu hayotning ikir-chikirlarini erimga aytgisi keladi. Erim esa u shunchaki sinfdosh, deydi. Sevgi izhorli SMSlar yuboradi. Vaqti-vaqti bilan erim ishxonasiga olib borib, olib kelib qo‘yadi. Oilamdan xavotirdaman. Menga din tarafdan qanday maslahat berasiz, erimgachi?
Javob:
Eringiz xatarli yo‘lga qadam qo‘ygan. Erli ayol bilan bunday suhbatlar, u bilan yolg‘iz uchrashish shar’an harom qilingan amaldir. Chunki bunda hadislarda ta’kidlanganidek ularning uchinchisi shayton bo‘ladi .
Sizga nasihatimiz, eringizga bosiqlik bilan nomahram, yana erli ayol bilan gaplashish joizmasligini tushuntiring va haqqiga duoda bo‘ling!
Vallohu a’lam.
Mubashshir Ahmad
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar