23:39 / 17.04.2019
23 007

Arab xurmosining foydali xususiyatlari

Arab xurmosining foydali xususiyatlari
Arab xurmosi. Ramazon oyida bu ajoyib meva bilan og‘izni ochish odat bo‘lib qolgan. U juda foydali meva, shifobaxshligini aytib tugatib bo‘lmaydi.

Arab xurmosi mineral va vitaminlarga boy mevadir. Uning tarkibida mavjud bo‘lgan, organizmga kerakli 23ta aminokislota boshqa mevalarda uchramaydi. Arab xurmosini doimiy ravishda, kuniga kamida 3-4 dona yeb turilsa, ko‘p kasalliklarga davo bo‘lishi isbotlangan.

Bu mevadan kuniga 3-4 ta yeyish tanangizni yoshartiradi. Bu meva ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, yurakda qon aylanishini me’yorga keltiradi. Xolesterinni kamaytiradi. Arab xurmosi ishtahani pasaytiradi. Oq shakar o‘rnini bosadi, ozishda yordam beradi. U temirga boy, 100 gramida odam organizmidagi temirning bir sutkalik me’yorining 11 foizini saqlaydi.

U kamqonlikda ham katta foyda beradi. Kaliyga boy. Xurmo insult xavfini 40 foizga kamaytiradi. Unda fosfor, kalsiy ko‘p. Bu esa miya va ichaklar faoliyati uchun juda foydali. Bu meva ich qotishida dori bo‘ladi. Bunda tungi uyqu oldidan bir piyola qaynagan suv bilan 2-3 ta meva yeyiladi.

Jinsiy ojizlikda xurmo echki suti bilan birga yeyilsa shifo bo‘ladi. U yuqori qon bosimini tushiradi.

5-6 ta xurmoda 80 g magniy bor va bu qon tomirlarini kengaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki 370 mg magniy inson uchun kunlik me’yor hisoblanadi. Bu miqdor qon bosimini bir me’yorda ushlab turadi. Xurmo qarishning oldini oladi. U tug‘ruqdan keyin ham foydali, u sutni ko‘paytiradi.

Olmada mis va rux ko‘p bo‘lsa, xurmoda natriy, kaliy, magniy, kalsiy va temir ko‘proq. Xurmo mevalari oshqozon-ichak trakti, jigar, teri va jinsiy a’zolar faoliyatini yaxshilash uchun xizmat qiladi".

Xurmo mevasi xuddi qovoq, o‘rik va boshqa sariq-olovrang mevalar hamda sabzavotlar kabi yosh bilan bog‘liq o‘simtalarning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Xurmo mevasi tarkibida juda kuchli aksiloksidant moddasi hisoblanuvchi yuqori miqdordagi beta-karotin mavjud. U hujayra tuzilmalarini buzuvchi erkin radikallar bilan kurashadi.

100 gramm mahsulot 305 kkal (kilokaloriya) bo‘lib, undagi oqsillar 2,2 gr. yog‘ 0,2 gr. uglevodlar 71,9 gr.ni tashkil etadi.

Xurmo tarkibida 60-65 foiz uglevod bo‘lgan yagona meva turi sanaladi. Mahsulotning ftorga boyligi tishlarni kariyesdan himoya qiladi va tarkibidagi selen yurak xastaliklari xavfini oldini oladi. Meva tarkibida 23 turdagi aminokislotalar hamda pektin, A provitamini, V guruhiga kiruvchi vitaminlar mavjud. Shuningdek, uning tarkibida rux, temir, magniy, kaliy, marganets, alyuminiy, natriy, kobalt, kadmiy, bor kabi mikroelementlar va minerallar uchraydi. Xurmoning eng foydali xususiyatlardan biri uning tarkibida xolesterin moddasi mavjud emas.

U aqliy qobiliyatni rivojlantirib, ish sur’atini oshirish xususiyatiga ega. Mazkur meva iste’mol qilinganda, insonning nafaqat ichki organizmi, balki tashqi go‘zalligiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Foli kislotasi va Ye vitaminiga boyligi sabab, u sochlar ildizini mustahkamlab, tirnoqlarning sinuvchanligini oldini oladi hamda organizmdagi yo‘qotilgan kaliy o‘rnini tiklaydi. Mazkur meva yurak qon-tomir kasalliklari, xavfli o‘sma, sil, aritmiya, gipertoniya (qon bosimining yuqori bo‘lishi) bilan bog‘liq kasalliklarda tavsiya etiladi.

Arab xurmosining (ba’zi manbalarda eron xurmosi deb ham ataladi) yangi uzib olingan turi o‘zining silliqligi, har qanday qatlamlardan xoliligi bilan ajralib turadi. Uning mevasi sersuv bo‘ladi, ammo quritilgan xurmochalik shirin bo‘lmaydi.

Xurmo haqida hadis
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sevgan mevalardan biri xurmo bo‘lgan. Inson vujudiga oshqozon osti bezida insulinning bir maromda ajralishini ta’minlashga yordam beradi va shu tariqa qondagi qand miqdorining oshib yo tushib ketmasligiga hissa qo‘shadi. Shuningdek, yukli ayollarda dard kelishini yengillashtiradi. Bu xislat Maryam surasida quyidagicha ifoda etilgan.

“Bas, to‘lg‘oq dardi uni bir xurmo daraxti tubiga olib bordi va u dedi: «Qani edi, mana shundan (tug‘ishdan) oldin o‘lib, butunlay unutilib ketsam”. “Shunda (xurmo daraxtining) ostidan (Jabroil) nido qildi: «G‘amgin bo‘lma, Robbing (oyoq) ostingdan bir ariq oqizib qo‘ydi”. “(Mana shu qurib qolgan) xurmo shoxini silkitgin, toki u (Mening qudratim bilan) senga yangi xurmo mevalarini to‘ksin!”. “Bas, yeb-ichgin va shod bo‘lgin!..” ("Maryam" surasi, 23-26-oyatlari).

Xurmo tarkibidagi fruktozaning yuksak miqdori inson tanasiga quvvat bag‘ishlaydi va uning ziyrakligini oshiradi. Homilador ayollarni dard tutgan vaqtda shirinlik va quvvat bo‘luvchi taomlar yeyishga tashviq etilishining sababi ham shu. Tug‘ish vaqtida quvvatini yo‘qotib, zaiflashib qolgan ayollar yana kuchga to‘lib olish uchun xurmo yesalar ko‘p foydali bo‘lar ekan. Ayniqsa, emizikli davrida sut gormonlarini faollashtirib ona sutining ortishiga ham foyda beradi. To‘qimalarga juda boy bo‘lgani bois ichaklarning faoliyatini tartibga soladi va qabziyatga qarshi ajoyib dori vazifasini o‘taydi.. Shuningdek, ichak saratoniga yo‘l ochishi mumkin bo‘lgan biokimyoviy moddalarning kamayishiga yordam beradi. Buyuk Robbimiz Bibi Maryamning to‘lg‘og‘i yaqinlashgan vaqtda unga: "Xurmo ye!" deb amr etishining mo‘’jizasi ana shunda.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Hadisi shariflarida: “Agar sizlarda xurmo bo‘lsa, u bilan og‘iz ochinglar, agar bo‘lmasa, suv bilan. Chunki bu poklanishdir”, deganlar (Imom Abu Dovud rivoyati).
Manbalar asosida Saida tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Arab xurmosining foydali xususiyatlari