Yurtimizda yutuqli mahsulotlar soni ortib bormoqda. Televizor qarshisida o‘tirib, ularning reklamasini sanab tugata olmaysiz. Sotib olayotgan xaridor birinchi navbatda uni iste’mol qilishni emas, undan chiqadigan yutuqni o‘ylaydi. Ammo sotayotgan sotuvchi ularning inson sog‘ligiga qanchalik zarar ekanligini o‘ylashi kerak-ku! Bu haqda tibbiyot xodimlari gapiraverib, haligacha gapirishda davom etishmoqda.
Deylik, bir kishi bir kunda ushbu yutuqli mahsulotlarning har biridan bittadan sotib olsa, kuniga yo‘q deganda 50 ming so‘m sarflaydi. Bu imkoniyati yetmaydigan bir oilaning bir oylik go‘sht sotib oladigan puli. Yoki kuniga bitta xarid qilsin mayli! Shunda ham har bir kishidan bir oyda o‘rtacha 750 ming so‘m sarflanadi.
"Nexia" va "Gentra" avtomobili chiqishi mumkin, deb "bir kamaz" ichimlik sotib olgan qahramonimizning ahvoliga nima deysiz. Uning stul ustida o‘tirib olib, ichimliklarning qopqog‘idan yutuq izlayotganini ko‘rib, kulishingni ham, yig‘lashingni ham bilmaysan, kishi! Marhamat o‘zingiz ko‘rib guvohi bo‘ling.
Ха ютасила ютасила)) Энергетик ичиб мошина ютасила. Тушунганлар тушунди. ???? https://telegram.me/joinchat/AAAAAELJIl-UmfKN7zM0JA
Опубликовано Mr Doppi Среда, 24 апреля 2019 г.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi