20:40 / 10.05.2019
3 854

Dam olish kunini qanday o‘tkazish bo‘yicha super samarali kishilardan 10 ta maslahat

Dam olish kunini qanday o‘tkazish bo‘yicha super samarali kishilardan 10 ta maslahat
Dam olish kunlarida divanda yonboshlab yotasizmi? Buni o‘zgartirish vaqti keldi. Muvaffaqiyatli kishilardan o‘rnak oling. O‘ta muvaffaqiyatli kishilarning odatlarini tasvirlagan holda maqola tayyorladik.

Aristotel shunday degan edi:
Biz doimiy bajaradigan ishlarimizning yig‘indisimiz.
Mukammallik o‘z-o‘zidan harakat emas, odatdir.


Maqolada juda muvaffaqiyatli kishilarning 10 odati keltirilgan.

1. Robert Iger: erta turing
Disney studiyasining ijrochi direktori har kuni soat 4:30 da uyg‘onadi. Muvaffaqiyatli kishilar dam olish kunlari soat ikkigacha o‘rinda yonboshlab yotmaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, miyamiz uyg‘onganimizdan keyin 2-4 soat faol ishlaydi. Dam olish kunlari ertaroq uyg‘oning, dunyodagi boshqa insonlarga qaraganda ko‘proq afzalliklarga ega bo‘lasiz.

2. Benjamin Franklin: rejaga ega bo‘ling
U har kuni o‘z-o‘ziga shunday savol bilan murojaat qilgan bo‘lsa ajabmas:
Bugun men qanday yaxshi ish qilishim kerak?

Muvaffaqiyatli kishilar kundalik vazifalarning ahamiyatini yaxshi anglaydilar. Dam olish kunlari ham bundan mustasno emas. Albatta, dam olish kunlari xordiq chiqarish mumkin. Biroq bu barini unutish uchun bahona bo‘lmaydi.

3. Timoti Ferris: ko‘p vazifali bo‘lish kerak emas
Ko‘pchilik bir vaqtning o‘zida bir necha ishni bajarish unumli bo‘lishga yordam beradi deb hisoblaydi. Afsuski, bunday emas. Muvaffaqiyatli kishilar ko‘p vazifalilik – samaradorlik va unumdorlikni pasaytiradigan usul ekanini yaxshi bilishadi. Ferris ko‘proq samarador bo‘lish uchun kuniga ikkitadan ortiq vazifa belgilamaslikni tavsiya qiladi.

4. Anna Vintur: faol bo‘ling
Vogue bosh direktori har kuni bir soat davomida tennis o‘ynash vazifasini belgilab olgan. Bu borada u yolg‘iz emas. Richard Brenson kaytsyorfing bilan faol shug‘ullanadi. Hindistondagi to‘rtinchi eng boy odam – seriyali marafonchi. Muvaffaqiyatli kishilar faol tananing miya faoliyati uchun ahamiyatini yaxshi tushunadilar. Dam olish kunlari ham bundan mustasno emas.

5. Stiv Jobs: ustuvorliklarni belgilang
Buyumlar muhim narsaga aylanishi uchun ular dunyoni o‘zgartirishi shart emas.

Dam olish kunlari – esdan chiqqan mayda vazifalarni esga olish, ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatga ega bo‘lish vaqti. Vaqtni do‘stlar, farzandlar, hamkorlar yoki oila davrasida o‘tkazing. Bu daromadlaringizni oshirmaydi va karera pillapoyasida olg‘a odimlashga hissa qo‘shmaydi. Biroq bu vaqtni o‘tkazishning ahamiyatini kamaytirmaydi.

6. Uorren Baffet: xobbi uchun vaqt toping
Uni XX asrning eng yaxshi investori deb atash mumkin, biroq u bo‘sh vaqtida Gavayi gitarasini chalishni yoqtiradi. Ko‘pincha muvaffaqiyatli kishilar – qiziquvchan odamlar. Ularning xobbisi bunga dalil bo‘ladi. Albatta, shanba kunidagi golf o‘yini zaruriy aloqalarni yo‘lga qo‘yishning yaxshi usuli. Biroq to‘qish (Meril Strip) yoki moy bo‘yoqlardagi rasmlar (Jorj Bush) kabi «solo» xobbilar ham ijodkorlikni rag‘batlantirish orqali muvaffaqiyatga erishish yoki hatto zo‘riqishning olishda ham yordam beradi.

7. Opra Uinfri: xotirjamlikni mashq qiling
Forbes talqiniga ko‘ra, 2013 yilning eng kuchli shaxsi kuniga ikki mahal 20 daqiqadan sukunatda o‘tirish uchun vaqt topadi. Qachonlardir yoga bilan shug‘ullanuvchi kishilarning siri bugun jamiyat mulkiga aylangan. Hatto korporatsiyalar olami ham mehnat unumdorligini oshirish uchun meditatsiyalar zaruriyati va kuchini tan oladi. Ko‘pincha dam olish kunlari ish kunlariga qaraganda tig‘iz bo‘ladi. Axir 48 soat davomida bariga ulgurishga harakat qilamiz. Shunga qaramay, muvaffaqiyatli kishilar 20 daqiqalik sukunat uchun vaqt topishadi.

8. Bill Geyts: fikrlash uchun vaqt qoldiring
Microsoft asoschisi shunday degan edi:
Muvaffaqiyatni nishonlash yaxshi, biroq muvaffaqiyatsizliklardan saboq chiqarish ancha muhimroq.

Fikr yuritish kundalik amaliyot bo‘lishi lozim. Dam olish kunlari – ortga qadam tashlash va o‘tgan haftani baholash uchun a’lo darajadagi imkoniyat.

9. Jek Dorsi: kelasi haftaga tayyorgarlik ko‘ring
Twitter asoschisi kuniga 16 soat ishlashi bilan dong taratgan. Biroq shanba kuni u dam oladi. Sayr qiladi. Keyin esa yakshanba kuni fikr yuritadi va kelasi haftaga tayyorlanadi. Yozuvchi Lora Vanderkamning aytishicha, muvaffaqiyatli kishilar dam olish kunlari professional muvaffaqiyatning sirli quroli ekanini yaxshi bilishadi. Dushanbaga zarba berish uchun yakshanbaga tayyorlanish kerak.

10. Jay-Z: olingan tezlikni kamaytirmang
Juda va juda muvaffaqiyatli rep-artist musiqa imperiyasini yaratgan. Muvaffaqiyat siri – hech qachon bo‘shashmaslikda. Hatto uxlaganda ham. Cho‘ntakdagi birgina istak bilan muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi. Uzoq va qat’iyat bilan ishlash kerak. Hatto dam olish kunlarida ham. 7 kun 24 soat ishlash – muvaffaqiyat formulasi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dam olish kunini qanday o‘tkazish bo‘yicha super samarali kishilardan 10 ta maslahat