
Aksar ayollar tashqi koʻrinishidan norozi boʻlib yurishadi. Masalan, sochi jingalaklar sochlari tekis boʻlishini, tekis sochlilar esa jingalak qilib yurishni istashadi. Kimlardir burnini kichraytirishni, yana kimlardir ozishni xohlaydi. Xullas ayollarimizning talablari juda ham koʻp. Koʻpchilik ayollar goʻzalligini oddiy usullar bilan saqlab qolishga harakat qilsa, yana bir munchasi “goʻzallik qurbonlik talab qiladi” deb plastik jarrohliklar qildirishdan toymaydi. Tvitterda meiji1111111 nomi bilan mashhur boʻlgan Yaponiyalik bir qiz oʻzining tashqi koʻrinishini butunlay oʻzgartirib yuborgan. Buning uchun u 64 000 dollar sarflagan. Qiz jarrohlik amaliyotidan keyin oʻzi xohlagan koʻrinishga ega boʻlgan. Uning avvalgi va keyingi tushgan suratlarini koʻrishingiz mumkin.




   “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!    Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar