Foto: Fotolia
Layfxaker parijlik mashhur kolorist Kristof Robin maslahatlarini taqdim etdi. Kristof Robin Hollivudning koʻplab yulduzlari bilan birga ishlagan. U sochlarga aql bovar qilmas hajm va jilo berishni biladi.
1-qadam
Sochlar yuvilganidan keyin oson taralishi uchun ularni yuvishdan oldin ham tarang. Kristof Robin dastlab sochlar uchini, keyin ildizini tarashni maslahat beradi.
2-qadam
Sochlar uchiga biror tabiiy yogʻ suring va ularni yana tarang. Toza bodom va argan yogʻi mos keladi. Uni bir kechaga sochlarda qoldirish kerak, biroq 15 daqiqa bilan ham cheklansa boʻladi. Kristof konditsionerdan foydalanishni tavsiya qilmaydi, chunki u sochlarni ogʻirlashtiradi.
3-qadam
Sochingiz turiga mos keladigan shampundan foydalaning.
Kolorist boʻyalgan sochlarni sulfatsiz shampun bilan yuvish yaxshiroq ekanini sezgan. Sulfatli shampunlarni esa boʻyalmagan va yogʻli soch egalari qoʻllashlari mumkin. Jingalak sochlilar esa shampun oʻrniga tozalovchi konditsionerdan foydalanishlari kerak. Chunki bunday sochlar quruqlikka moyil boʻladi.
Kristof Robinnnig fikriga koʻra, koʻplab ayollar shampunni juda koʻp ishlatadilar “Taxminan bir choy qoshiq yetarli boʻladi”, - deydi u. Shampunni koʻpiklashtiring va uni barmoqlar bilan (tirnoqlar bilan emas) soch uchlariga ishqalang. Soch ildiziga tegmang. Sochlarga hajm berish va qon aylanishini yaxshilash uchun boshni pastga tushirgan maʼqul.
4-qadam
Shampunni yaxshilab yuvib tashlang. “Aslida koʻpchilik bu jarayonga yetarli vaqt ajratmaydi va yuvish vositasini butunlay yuvib tashlamaydi”, - deydi Kristof. – Sochlar tozaligidan gʻichirlashi kerak».
5-qadam
Agar konditsionerdan foydalanishni istasangiz, uni faqat sochlar uchiga surting. Kristof Robin haftasiga bir marta chuqur konditsionerlar uchun sochlar uchun niqobdan foydalanishni tavsiya qiladi.
6-qadam
Hoʻl sochlarni taramang, bu ularning tuzilishiga shikast yetkazadi. Kolorist sochlarni quyidagicha quritishni maslahat beradi: “Boshni pastga tushiring va tezkor harakatlar bilan har ikki tomondan sochiq bilan arting”. Bu nafaqat tarashni yengillashtiradi, balki ildizga hajm ham beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?