Foto: Pexels
Ozish vazni 80 kilogrammdan ortiq kishilar uchungina dolzarb emas. Ko‘pincha muammo kichik narsalarda bo‘ladi: 1-2 o‘lchamga kichikroq bo‘lgan kiyimga sig‘a olish. Ortiqcha qiyinchiliklar, qat’iy parhez va holdan toydiruvchi mashqlarsiz ham ozish usullari mavjud.
1. Shubhali mahsulotlarni xarid qilmang
Marketing – tovarlarni harakatga solish uchun odamlarni boshqaradigan fan. Hatto o‘ramda «shakarsiz» deb yozilgan bo‘lsa ham ishonmang.
2. Ochlikni his qilganingizdagina ovqatlaning
Serial tomosha qilganda yeyilgan navbatdagi chips yoki pista – avtomat tarzda olingan qo‘shimcha kaloriyalar. Biror nimani og‘zingizga yuborishdan avval o‘z-o‘zingizga: men haqiqatan ham ochmanmi? degan savol bilan murojaat qiling. Agar javob «yo‘q» bo‘lsa, ortiqcha yegulikni bir chetga surib qo‘ying.
3. Kuchsizlikka berilmang
Gap parhezni buzish haqida emas. Undan keyingi harakatlar haqida. Hatto biror mazali va zararli narsani ataylab yemagan bo‘lsangiz ham «bugun parhezni buzdim, uni ertaga davom ettiraman» tamoyili asosida davom ettirmang. Bugun iste’mol qilingan narsalarni jismoniy mashqlar bilan sarflashga to‘g‘ri keladi. Sarflamasangiz –u to‘planadi va parhezingizni uzaytiradi.
4. Ovqatni chaynang
Kun davomida umuman ovqat yemagan bo‘lsangiz ham uni yaxshilab chaynang. Maydalangan yegulik yaxshi hazm bo‘ladi va ko‘proq foydali elementlarni beradi. Shu tariqa, tezroq to‘yasiz va ortiqcha yeb yubormaysiz.
Kun tartibiga o‘zgartirishlar kiriting
1. Piyoda yuring
Ish yoki o‘qishdan keyin uygacha piyoda yurib boring. Ochiq havodagi sayrlar sizni sog‘lomlashtiradi va fikrlarni tartibga solishda yordam beradi. Hatto qish faslida ham bir necha bekatni piyoda bosib o‘tishni odatga aylantiring. Usul samarali emasdek tuyuladi, biroq bunday emas.
2. Yarim tunga qadar uxlashga yoting
To‘yib uxlamaslik va zo‘riqish vaznning ortishiga olib keladi. Bu isbotlangan fakt. Biroq bu kunni noto‘g‘ri rejalashtirishning yagona salbiy jihati emas. Tunda organizm ko‘proq ovqat talab qiladi.
Ongingizni boshqaring
1. Stoldagi qolgan ovqatlarni yemang
Bu albatta chiroyli emas. Biroq qo‘shimcha yegulik yeyish holatida juda samarali.
2. Vazningizni har kuni o‘lchang
Tarozidagi o‘sib boruvchi raqamlardan boshqa hech narsa bunchalik rag‘bat bermaydi. Ozishni boshlaganingizda kundalik vazn o‘lchash eng samarali usullarni aniqlashda yordam beradi.
3. O‘lchami kichikroq bo‘lgan kiyimlarni xarid qiling
Qizg‘anchiqligingizdan unumli foydalaning: agar ozmasangiz, kiyimga sig‘masangiz, pulni bekorga sarflagan bo‘lasiz. Albatta, xaridlar javonda qolishi ehtimoli katta. Biroq hech bo‘lmaganda ana shu usulni sinab ko‘ring. Katta orzular yo‘lida har qanday vositalar yaxshi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?