Tog‘li hududdan o‘tishda yoki samolyot uchish va qo‘nish vaqtida quloq bitib qolishi ko‘pchilikka ayon. Hatto ba’zida kuchli og‘riq ham kuzatiladi. Uning sababi va yechimlari haqida tanishtiramiz.
Nega quloq bitadi?
O‘rta quloq bo‘shlig‘idagi va atrofdagi havo bosimi o‘rtasida muvozanat buzilsa, bezovtalik paydo bo‘ladi. Quloq ichidagi bosimni me’yorlashtirishga yevstaxiyev naychasi javobgar hisoblanadi. Ushbu tor naycha o‘rta quloq bo‘shlig‘ini burun-tomoq bo‘shlig‘i bilan tutashtirib turadi. Samolyot yuqoriga ko‘tarilganda yoki qo‘nayotganda o‘rab turgan muhitning havo bosimi yevstaxiyev naychasi muvozanatni ushlashga ulgurmaydigan darajada juda tez o‘zgaradi. Natijada quloqlar bitadi yoki og‘rishni boshlaydi.
Shifokorlar bu holatni airplane ear (so‘zma-so‘z — «samolyot qulog‘i») deb atashadi. Mayo Clinic mutaxassislari quloqlardagi kuchli noqulaylik yoki og‘riq, ularning bitib qolishi va eshitishning yomonlashishi kabilarni airplane ear'ning alomatlari deb qabul qilishgan.
Odatda esnash yoki nimanidir chaynash yechim bo‘la oladi — belgilar yo‘qoladi, ammo ba’zi bir holatlarda asoratlar jiddiy bo‘lishi mumkin. Quyida ulardan misol keltiramiz:
- kuchli og‘riq;
- quloqda suv kirganga o‘xshash bosim;
- eshitish qobiliyati yomonlashishi yoki butunlay yo‘qolishi;
- quloqda shovqin paydo bo‘lishi;
- bosh aylanishi;
- bosh aylanishi natijasida qusish;
- quloqdan qon ketishi.
Alomatlar bir necha soat davomida ham o‘tib ketmasa, shifokor tavsiyasini olish zarur.
Xavf omillari
Yevstaxiyev naychasini yopib qo‘yuvchi yoki uning ishlashiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday omil xavfli hisoblanadi:
- naychaning kichikligi, asosan yosh bolalarda;
- shamollash;
- sinusit (burun bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanishi);
- allergik rinit;
- o‘rta quloq bo‘shlig‘i infeksiyasi.
Profilaktika: parvoz va yo‘l davomida nima qilish kerak?
Esnang yoki yutining. Bu harakatlar yevstaxiyev naychasini ochuvchi mushaklarni harakatga keltiradi. Odatda parvoz oldidan tarqatiladigan saqich yoki obakidan olishni unutmang.
Valsalva nayrangidan foydalaning. Bu usul bosh suyagi ichidagi bo‘shliq va atrof-muhit havo bosimini moslashtirishga yordam beradi. Tartibi: burun va og‘izni berkiting, so‘ng xuddi burun qoqish kabi nafas chiqarishga harakat qiling.
Uxlamang. Parvoz davomida mudrab qolsangiz, bosimni me’yorlashtirishga doir choralar ko‘ra olmaysiz.
Iloji bo‘lsa parvoz keyinroqqa qoldirgan ma’qul, qachonki sizda shamollash, sinus infeksiya, burun bitishi yoki quloq infeksiyalari kuzatilsa. Yaqindagina quloq operatsiyasini boshdan kechirganlar esa shifokordan uchishga ruxsat olishi maqsadga muvofiq.
Quloqchinlardan foydalaning. Ular quloq pardasidagi bosimni me’yorga keltiradi.
Burningiz bitib qolgan bo‘lsa, parvoz va qo‘nishdan 30—60 daqiqa oldin oddiy burun ochuvchi sprey yordamida burningizni ochishga urinib ko‘ring. Lekin undan juda tez-tez foydalanishga o‘rganib qolmang — burun bitishi surunkali kasallikka aylanib ketishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?