Leypsigdagi Maks Plank nomidagi kognitiv va miya fanlari instituti olimlari va Gettingen universiteti tibbiyot markazi ilmiy xodimlari nutqdagi nuqsonlarni miyaning ikkala yarimsharidagi ba’zi retseptorlarning sinxron ishlamasligi keltirib chiqarishini aniqladilar.
Olimlarning aytishicha, nutqida nuqson bilan tug‘ilgan odamlarning miya yarimsharlaridan biri ikkinchisiga nisbatan faolroq ishlaydi va bu bilan nutq shakllanishini qiyinlashtiradi va duduqlanishni keltirib chiqaradi.
Duduqlanishga ega odamlar miyasi tuzilishi va faolligining o‘rganilishi ularda o‘ng miya yarimshari asab tolalari tarkibi bo‘yicha chap yarimsharnikidan jiddiy farqlanishini ko‘rsatgan. Olimlarning fikricha, miyaning ba’zi qismlarining, misol uchun nutqni shakllantiradigan va rejalashtiradigan chap pastki peshona miya egriligi va chap yarimshar motorik po‘stlog‘i giperfaolligi nutqdagi nuqsonlarni keltirib chiqarishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)