date
views 4 039

Kolbasa mahsulotlarining bolalarga xavfi nimada?

Kolbasa mahsulotlarining bolalarga xavfi nimada?
Foto: «Bmc-food»
Moskva sog‘liqni saqlash departamentining shtatdan tashqari bosh diyetologi Tatyana Brejneva kolbasa va sosiskalarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish bolalar salomatligiga ziyon yetkazishi haqida gapirib berdi.

Uning qayd etishicha, ayrim ota-onalar bunday mahsulotlarni bola taomnomasiga juda ko‘p kiritishadi. Bu bola tanasida ortiqcha oqsil paydo bo‘lishiga olib keladi.

«Allergik reaksiyalar, buyrak faoliyatining buzilishi, yuqori nerv qo‘zg‘aluvchanligi shular jumlasidan», — Brejneva so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Moskva» shahar yangiliklari agentligi.

U ota-onalarga bolalar taomnomasi bo‘yicha bir qancha maslahatlar berdi: ovqatlanayotgan vaqtda bolaga suv va ichimlik bermaslik kerak, negaki bu ishtahani susaytiradi va hazm qilish jarayonini sekinlashtiradi. Shuningdek, o‘quvchi taomnomasiga o‘simlik yog‘larini kiritish zarur.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Kolbasa mahsulotlarining bolalarga xavfi nimada?