Inson yer yuziga kelganidan beri o‘zaro munosabatlar hasad tuyg‘usi bilan avjga chiqyapti. Odam alayhissalomning birinchi o‘g‘li Qobil o‘z ukasi Hobilni o‘ldirdi. Go‘zalligiga hasad qilgan akalari kichik Yusuf (alayhissalom)ni yo‘qotib yuborish uchun quduqqa tashlab yuborishdi. Bir ayol parashyutchi dugonasiga hasad qilib, parashyutini buzib qo‘ydi va yerga tushib, parchalanib o‘lishiga sabab bo‘ldi. Bir erkak xotinining bolasiga haddan ortiq mehrliligiga hasad qilib, o‘z bolasini o‘ldirib qo‘ydi. Nega?
Hasad insonning o‘z sharafini, oilasini, jonini, molini qo‘rqilashi emas, boshqalarning ustiga yurishga urinishidir. Nafrat va kibr zulmatiga tushib, o‘limni unutgan yurak dunyoga haddan ortiq qiymat berib, undagi foniy ne’matlarga hasad qiladi. O‘zini ustun ko‘rgan, undan boshqalar o‘zim ketishini istamaydi. Go‘zalligi bilan mag‘rurlangan o‘zidan chiroyli bilan yonma-yon o‘tirolmaydi. Mol-davlatiga havolangan o‘zidan badavlat kishilarni ko‘rgani ko‘zi yo‘q.
Hasad bilan muammolar hal bo‘lmaydi. Kishining qalbida zarra hasad bo‘lishi, ichida dinamit parchasi bo‘lishidan ham dahshatlidir. Dinamit ishini biryo‘la bitirib qo‘yadi, hasad esa abadiy portlashda davom etadi. Lekin uning chorasini topish kerak. Chorasi esa qalbda:
1. Alloh senga berganlarini shukr qilib asragin.
2. Alloh boshqalarga bag‘ishlagan ne’matlardan ko‘zingni ol!
3. Barcha dunyoviy havaslaringni qassobning do‘konida osig‘liq go‘shtlardek o‘lim muhri bilan tamg‘ala!
4. “MEN”ingni vujudingdan chiqarib, yo‘qlikka sovurginki, yengil bo‘lgan ruhing qanot chiqarib ko‘klarga ko‘tarilsin!
5. Ilohiy axloq orqali Allohning rahmat yomg‘irlari ostida yayraginki, qiymatsiz ro‘yoblarga o‘ralashib yurmaysan.
Muhammad Bozdog‘
Umida ADIZOVA tarjimasi
Umida ADIZOVA tarjimasi
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi