Shifokorlar uzumning foydali xususiyatlarini ma’lum qilishdi.
Uzum danaklarida A, Ye va K vitaminlari, tabiiy moylar saqlanadi. Bu moddalarning barchasi hujayralarning mustahkamlanishi va yoshartiruvchi effektga olib keladi. Shu sababli uzumni danaklari bilan yegan ma’qulroq, shunda u ko‘p foyda keltiradi.
Bundan tashqari, uzumda o‘simlik estrogenlari guruhiga kiruvchi modda – resveratol bor. U qondagi xolesterin va tomirdagi yallig‘lanish jarayonlari darajasini pasaytiradi. Uzumda muhim fenol birikmalar: qahva kislotasi, kversetin va miretsetin mavjud. Ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, bu moddalar organizmni saraton rivojlanishidan himoyalaydi.
Uzum, shuningdek, barcha tana a’zolariga yaxshi ta’sir qiladi. Undagi biriktiruvchi to‘qima ovqat hazm qilishda yordam beradi, minerallar esa asab tizimiga ijobiy ta’sirga ega. Shifokorlar uzumdan kuniga 150-250 gramm iste’mol qilishni tavsiya qilishadi. Shifokorlarning ta’kidlashicha, uzumning qoraroq turlarini iste’mol qilgan ma’qulroq, chunki ularda ko‘proq antioksidantlar saqlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”