15:38 / 26.10.2019
5 393

Musiqa ishqibozimisiz? Uning foydalarini bilib oling!

Musiqa ishqibozimisiz? Uning foydalarini bilib oling!
Ba’zan biron bir qo‘shiqni tinglash paytida kayfiyatingiz o‘zgarishini his qilganmisiz? Yoki siz o‘zingiz yoqtirgan mashqni bajarayotganingizda o‘zingiz sevgan musiqani tinglab yangi energiya dozasini olgandek bo‘lasizmi? Bu musiqaning sehridir. Xoh ishoning, xoh ishonmang, bu hissiyotlar ortida musiqaning inson tanasiga ta’sirini tushuntirib beradigan ko‘plab jismoniy reaksiyalar mavjud. Bugun biz ulardan ba’zilarini sizga tushuntirib beramiz ... bizning ushbu ajoyib sayohatimizga qo‘shiling!

MUSIQANING MIYaGA TA’SIRI
Minglab tadqiqotlar ushbu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi: musiqa bizning ilm olish qobiliyatimizni yaxshilaydi. Qo‘shiq tinglayotganimizda yoki musiqa chalayotganimizda bizning miya tizimimiz deyarli barcha sohalariga ta’sir qiluvchi neyron aloqalarni hosil qiladi. Bular: til, kognitiv, hissiy va hatto ijtimoiy funksiyalarni boshqaruvchi neyronlar bo‘lib, ularning vazifasi faollashtirish va rag‘batlantirishdir. Shu sababli, bugungi kunda parkinson kasalligi (titroq kasali), demans (aqli pastlik) yoki autizm (odamovilik) kabi kasalliklarga chalingan bemorlarni davolashda "musiqiy terapiya" dan keng foydalaniladi.

Ammo musiqaning miyamizga ta’siri shu bilan to‘xtab qolmaydi: u miyamizdagi oqimlarga ta’sir qiladi, bu bizning ijodimizga, o‘rganish qobiliyatimizga, og‘riqni his qilishimizga ta’sir qiladi... Shubhasiz, musiqa bizning miyamizni insonning boshqa stimullaridan ko‘ra ko‘proq faollashtiradi. !

MOTIVATsIYaNING YaXShI MANBAI
Musiqaning tanaga ta’siri ham kimyoviy hodisadir va ushbu hodisa mobaynida inson miyasiga ta’sir qiluvchi modda bu dopamindir! Hammasi juda oddiy, biz qo‘shiq tinglaganimizda, yuqorida aytib o‘tganimizdagi nevrologik stimullar ko‘plab go‘zal fazilatlarga ega bo‘lgan "zavq gormoni" deb nomlanuvchi ushbu gormonning chiqarilishi kabi fiziologik vazifani bajaradi: u uyquni, kayfiyatni, xotirani va e’tiborni tartibga soladi. Shubhasiz, uning nomi munosibdir: bu zavq va motivatsiya manbaidir!

Shuningdek, siz tinglayotgan musiqa turiga qarab miya boshqa neyrotransmitterlarni ham ishlab chiqarishi mumkin. Masalan, klassik musiqa, ba’zi tadqiqotlarga ko‘ra, o‘zini bo‘sh tutishga yordam beradigan, stress darajasini va bezovtalikni kamaytiradigan kimyoviy modda bo‘lgan serotoninning chiqarilishini qo‘zg‘atadi.

Yurak darajasi: PULS ... VA MUSIQA!
Musiqa tinglayotganimizda, miya to‘lqinlari nafas va yurak urishini ohang ritmiga moslashtirish uchun o‘zgarishini bilarmidingiz? Bu narsa faqatgina insonlarga va ba’zi qushlarga ta’sir qiladi va nima uchun mashq qilayotgan paytimizda tezligimiz tezroq turdagi qo‘shiqlar bilan yaxshilanishini tushuntirishi mumkin... Bundan tashqari, ushbu musiqa turi bizning hushyorligimizni, yurak urishimiz va qon bosimimizni oshiradi, shuning uchun musiqani yoqing va yuguring!

Musiqani ham bajarayotgan harakatimizga moslab tanlashimiz o‘sha harakatni samarali bajara olishimizga turtki bo‘larkan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Musiqa ishqibozimisiz? Uning foydalarini bilib oling!