17:38 / 10.11.2019
4 457

Dejavyu haqiqatmi yoki shunchaki ro‘yo?

Dejavyu haqiqatmi yoki shunchaki ro‘yo?
"Dejavyu" iborasi "allaqachon ko‘rdim" deb tarjima qilinadi. Uni ilmiy tilda "oldindan bilish" yoki "bashorat qilish" deb ham aytishadi.
Dejavyuning ikki turi mavjud: patologik dejavyu hamda patologik bo‘lmagan dejavyu.

Odatda patologik dejavyu tez-tez uchraydigan yoki gallyutsinatsiyalar kabi boshqa alomatlar bilan bog‘liq bo‘lgan asabiy yoki ruhiy kasallikning belgisi bor insonlarda uchraydi. Patologik bo‘lmagan tipi esa sog‘lom insonlarda yuzaga keladi.

Dejavyu ko‘pincha qo‘rquvdir, ammo ba’zilarda esa hissiyotdagi qo‘shimcha burilishni keltirib chiqaradi: bu paytda ular o‘zlarida qanday holat sodir bo‘lajagini oldindan his qilishni boshlaydilar.

Aytaylik, siz birinchi marotaba zinapoyadan ko‘tarilyapsiz, ammo avval ham ushbu zinadan chiqqansiz va chap tomonda sizga tanish bo‘lgan Pikasso turgan bo‘ladi.
Bu dejavyudir.

Kolorado shtati universitetining psixologi, doktor Enn Kliari so‘nggi bir necha yil davomida xotira hodisasi sifatida dejavyuni yaratdi. Bu shuni anglatadiki, xuddi sizning tilingizning uchida qandaydir gap yotibdi, lekin chiqara olmayapsiz.

Dejavyu holati tushda ham aks etadi. Uxlayotgan mahalingizda siz kelgusi hayotingizda sodir bo‘ladigan voqeani ko‘rishingiz mumkin. Masalan, notanish bo‘lgan inson bilan uchrashib, ko‘rishdingiz. Real hayotda u insonnni ko‘rganingizda sizga tanishdek tuyuladi.

Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, dejavyu haqiqatdan ham real hodisa.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dejavyu haqiqatmi yoki shunchaki ro‘yo?