07:37 / 17.11.2019
4 594

Xotirasini yo'qotgandan keyin ham o'z yigitini qaytadan sevib qolgan qiz (foto)

Xotirasini yo'qotgandan keyin ham o'z yigitini qaytadan sevib qolgan qiz (foto)
Ko‘p odamlar sevgida omadliman deb ayta olmaydi. Ammo Jessi Sharman va uning yigiti Bishop Rich bundan mustasnodir. Ularning sevgisi osmondan ato etilganligi isbotlandi. Buni qizning o‘zi isbotladi, deya xabar bermoqda Bright Humanity.

Bir necha oy oldin, 19 yoshli Jessika Sharman qattiq tutqanoq tufayli xotirasini yo‘qotdi. Shunga qaramay, qiz xotirasi yo‘qolganidan keyin ham o‘sha yigitga oshiq bo‘lib qoldi.

Jessikaga 2010 yilda frontal lob epilepsiyasi tashxisi qo‘yilgandi. Bu voqea uning do‘sti Richard bilan sayohat qilish paytida bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, xotirasi yo‘qolgandan so‘ng Jessika hammani unutib yubordi. Hatto o‘z ota-onasi va yigitini ham. O‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashar ekan, Jessika ko‘zini ochganda atrofdagilari kimligini bilmasligini va o‘zini dahshatli his qilganini aytdi. U juda ham qo‘rqib ketgan, chunki hamma unga begona bo‘lib tuyulgan. U hatto o‘z ismini ham unutib yuborgandi.

Qizning ota-onasi Gari va Liza qizlari ularni tan olishdan bosh tortganda yig‘lab yuborishdi. Uning yigiti holati ham qizning oila a’zolarining ahvoli bilan bir xil edi, lekin shunga qaramay qizga birga o‘tkazgan voqealarini eslatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan.

Garchi u Richni o‘zining birinchi sevgilisi sifatida tanimasa ham, u yana yigitga oshiq bo‘lib qoldi. Ko‘pchilik muhabbatda haqiqiy ikkinchi imkoniyatga ega emas, lekin Jessika va Richning munosabatlari xuddi ertakdagi kabi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xotirasini yo'qotgandan keyin ham o'z yigitini qaytadan sevib qolgan qiz (foto)