Kasalliklar ichida allergiya kasalligi dunyo aholisi orasida juda keng tarqalgan deb aytish mumkin. Ayniqsa, texnika, kimyo sohalari rivojlangan sari insonlarda bu kasallik xavfining oshishi juda ham yuqoridir. Dunyo olimlari allergiya kasalligining eng xavfli holatlari bo‘yicha bir qancha tadqiqotlar olib borishgan hamda ulardan eng xavflilarini ommaga e’lon qilishgan.
1. Yeryong‘oqlarga allergiya bo‘lish- ushbu yegulikka allergiyasi bor bo‘lgan insonlarda kasallik xuruj qilgan paytda o‘lim holati juda ko‘p kuzatilgan. Bu yong‘oqlar anafilaksi (allergik reaksiya) holatiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday xavfli turdagi oziq-ovqat allergiyasi bir necha soniyada boshlanib tugashi ham mumkin yoki aksincha. Simptomlar odatda ta’sir qilishdan bir necha daqiqa o‘tgach boshlanadi. Shishish, nafas olish qiyinlishuvi, yurakning tez urishi yoki bosh aylanishining dastlabki belgisida tez yordamga murojaat qiling.
2. Qisqichbaqasimon baliq, baliq anafilaksi- oziq-ovqatlarga reaksiyalar AQShda anafilaksiyaning eng keng tarqalgan sababidir. Qisqichbaqalar, omar va boshqa turdagi qisqichbaqalar kabi mollyuskalar ham ba’zi odamlar uchun allergiya qo‘zg‘atuvchi vazifasini bajarishi mumkin. Bu turdagi mahsulotlarga allergiyasi bor insonlar uchun, hattoki ular pishirilayotgan ovqatdan chiqayotgan bug‘ ham qo‘zg‘atish omili bo‘la oladi. Reaksiya jiddiylashishi bilan to‘qimalar shishib, havo yo‘llarini to‘sib qo‘yadi hamda odamlarda o‘limga olib keluvchi yurak va qon aylanish muammolari paydo bo‘lishi mumkin.
3. Susam urug‘lari, yong‘oq daraxtlari hamda soya- birgina kichik susam urug‘ining o‘zi ham anafilaktik reaksiyaga olib kelishi mumkin. Yasmiq, no‘xat, soya olinuvchi loviya va boshqa dukkakli o‘simliklar ham reaksiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Yong‘oq daraxti kabilar ham ba’zi insonlarga katta allergik xavf tug‘dira olishi isbotlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”