14:32 / 22.11.2019
4 582

Nega qishning sovuq kunlarida muzqaymoq yeb turish kerak?​

Nega qishning sovuq kunlarida muzqaymoq yeb turish kerak?​
​Yozda barchamiz birdek sevib iste'mol qiluvchi maxsulot bu albatta, muzqaymoqdir. Ayniqsa issiq kunlarda yoshu qarining joniga oro kiruvchi ushbu shirinlikni hattoki qish faslida ham iste'mol qiluvchilar topilar ekan. Biroq bu qanchalik foydali bo'lishi mumkin? Qish faslida muzqaymoq iste'mol qilishimizning foydaliligi xususida bir nechta ma'lumotlatlarni e'tiboringizga havola qilmoqchimiz. Ha, sirayam xato o'qimadingiz! Keling, ushbu maxsulotning sovuq qish faslida qanday foydali jihatlari borligini ko'rib chiqaylik:

Birinchidan, tomoq og'rigi tez-tez qaytalanib turuvchi insonlar uchun anchagina foydalidir. Barchaga ma'lumki, muzqaymoq sud maxsulotidan tayyorlangani bois, uning tarkibida organizm uchun zarur bo'lgan ko'pgina moddalar bor. Muzqaymoq tarkibida kalsiy hamda oqsil moddalari yetarlicha bo'lib, ayni shu sababdan ,​ ular bizga kerak bo'lgan kunlik iste'mol me'yorimizni yetqizib turishi mumkin va tomoq qismida sovuqlik aylanishi qichishish kabi holatlarni yo'qotadi hamda uni namlantirib turadi! Yana bir qulayligi shuki, tezda erib ketmaydi hamda qish fasli bo'lgani uchun muzqaymoq do'konida uzun navbatga turishning hojati yo'q! Qishda muzqaymoq yeyman deb aynan ko'chada sovuqda o'tirish yoki sovqotgan holda uni iste'mol qilishingizning keragi yo'q. Uni sotib olgach, xoh issiqqina mashinangizda, xoh issiqqina kamin oldida sevimli kinoyingizni ko'rib ham tanavvul qilishingiz mumkin. Bizning vazifamiz ,albatta, ma'lumot berish, tanlash esa o'z ixtiyoringizda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nega qishning sovuq kunlarida muzqaymoq yeb turish kerak?​