14:05 / 22.11.2019
7 924

Butun dunyoda birinchi qor qanday nishonlanadi?

Butun dunyoda birinchi qor qanday nishonlanadi?
Ilk qor yogʻishi koʻpchiligimiz uchun zavqli hodisa. Dunyo xalqlarida ham ushbu kun oʻzgacha urf-odatlar bilan kutib olinadi. Kimdir bu kunda ataylab oilasi bilan shahar chetiga ketishni yoqtirsa, boshqalar issiqqina uyda ayniqsa, dam olish kunlarini oʻzgacha qilib oʻtkazishni yoqtiradi. Butun dunyo boʻylab insonlar turlicha odat va anʼanalarni ayni birinchi qor yoqqanida amalga oshirishar ekan.

Eng koʻp tarqalgan anʼanalardan biri bu qor yogʻayotganda ayvonga chiqib, qoʻrada choʻchqa goʻshti yoki lasos baligʻini mazali qilib pishirib olgach, xushtaʼm shampan vinosi bilan ichish ekan. Yana bir anʼana bu bolalarning yotgan krovatini sunʼiy qor parchalari bilan bezatish yoki ularga qor parchasi shaklidagi pishiriqlarni sovgʻa qilish orqali olam-olam quvonch berish ekan. Yer yuzining baʼzi qismlarida esa insonlar oilalari bilan oppoq kiyinib olgach, qor haqidagi qoʻshiqlarni kuylab, raqsga tushishar ekan.

Shu qatorda, oilaviy birinchi qor kunini oʻtkazish uchun bir talay qorda suratlarga tushish ham anʼana hisoblanadi. Bunday suratlar issiq yoz kunlarida tomosha qilsangiz, insonga ajib his bagʻishlaydi. Mashinangizga oʻtiring, issiq yopinchiq hamda kiyimlaringizni olib, qaynoq qahva hamda yoqtirgan yeguligingizni birorta tinch joyda oʻtirgan holatda qorni tomosha qilgan holda tanavvul qiling. Natijasini koʻrgach, bu anʼnani keyingi yilda ilk qor kunlarida doimo qoʻllashingizga sira ham shubhamiz yoʻq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Butun dunyoda birinchi qor qanday nishonlanadi?