date
views 3 136

Dam olish kunlari uzoq vaqt uxlashning xavfli jihatlari aniqlandi

Dam olish kunlari uzoq vaqt uxlashning xavfli jihatlari aniqlandi
Mutaxassislarning tadqiqotlari dam olish kunlari uzoq vaqt uxlash charchoq va uyqusizlikni qoplaydi, degan afsonani chippakka chiqardi.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday dam olish rejimi - agar odam dam olish kunlari ish kunlariga qaraganda, odatdagidan ko‘proq uxlasa, jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin. Ular orasida - diabet va yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq kasalliklar mavjud.

Uyquni haddan tashqari oshirish aqliy qobiliyatni susaytiradi va gorizontal holatda uzoq vaqt yotish umurtqa pog‘onasiga ta’sir qiladi. Shuningdek, organizmda metabolik jarayonlarni ham buzishi mumkin, bu “yog‘ massasi to‘planishiga” olib keladi.

Bundan tashqari, olimlar yotishdan oldin jismoniy mashqlardan voz kechishni maslahat berdi. Haddan tashqari choralarda, shifokor rejimni tiklaydigan maxsus bio- qo‘shimchalarni ichish, mutaxassis bilan maslahatlashishni tavsiya qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Dam olish kunlari uzoq vaqt uxlashning xavfli jihatlari aniqlandi