21:50 / 08.12.2019
4 075

Qishning sovuq oqshomlarida tanaga issiqlik beruvchi ichimliklar

Qishning sovuq oqshomlarida tanaga issiqlik beruvchi ichimliklar
Sovuq fasllar qaynoq ichimliklar mavsumidir! Tanaga issiqlik beruvchi xushboʻy ichimliklar qadimdan tayyorlab kelingan. Ular orasida ajoyib taʼmga ega bir necha xil variantlar mavjud. Bu turli-tuman choylar, oʻtli damlamalar, shokolad, qahva, kakao va sut asosida tayyorlangan ichimliklardir.

Bunday ichimliklarni ichish ayniqsa kuz va qishda juda foydali. Chunki ular qon aylanishini yaxshilaydi, demakki, tezroq isitadi. Barchasi bunday ichimliklarga qoʻshiladigan zanjabil, limon kabi ziravorlar tufaylidir. Sevimli mahsulotlaringizdan oʻz retseptingizni yaratishingiz ham mumkin.

Qaynoq shokolad
Bu mazali ichimlikni hamma xush koʻradi, biroq qaynoq shokolad mazali chiqishi uchun barchasini qoida boʻyicha tayyorlash kerak.
Yarim litr sutni olovga qoʻyib, 2 osh qoshiq shakar va bir chimdim vanilin qoʻshamiz. Aralashma qaynab chiqqandan soʻng, boʻlaklarga boʻlingan qora shokoladni qoʻshib, quyuqlashguncha qaynatamiz.
Qaynatish jarayonida uni aralashtirib turish tavsiya etiladi.

Kakao
Kakaoning taʼmi bolalikni eslatadi. Xushxoʻr, biroq koʻngilga urmaydigan, xushboʻy va qaynoq. Tabiiy kakao kukuni sogʻliq uchun juda foydali hisoblanadi. Chunki unda kayfiyatni koʻtaruvchi moddalar mavjud.

Uch choy qoshiq kakaoga bir qoshiq suv qoʻshib, aralashtiramiz. Bir stakan sutni qaynatib, kakao bilan aralashtiramiz va suzgichdan oʻtkazamiz.
Agar kakao kukuni tabiiy boʻlsa, unga bir qoshiq shakar qoʻshish mumkin. Ustidan marshmellou (zefirinki) sepish mumkin.

Zanjabil choyi
Zanjabil choyi quvvat beruvchi va moddalar almashinuvini yaxshilovchi, yoqimli taʼmga ega boʻlgan ajoyib ichimlikdir. Tanani qisqa vaqt ichida qizdiradi.

2 santimetr zanjabil tomirini mayda qirgʻichdan oʻtkazamiz. Uning ustidan qaynoq suv quyib, bir choy qoshiq qora choy qoʻshamiz.
3—5 daqiqa qaynatgandan soʻng taʼbga koʻra bir boʻlak limon qoʻshamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qishning sovuq oqshomlarida tanaga issiqlik beruvchi ichimliklar