21:30 / 04.01.2020
4 901

Olimlar tug‘ilish sanasi va inson salomatligi o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlashdi

Olimlar tug‘ilish sanasi va inson salomatligi o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlashdi
​Insonning qaysi oyda tug‘ilgani uning sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatadi – Alikante universitetilik tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishdi. Olimlar keng tarqalgan 27 ta kasallikni oylar bilan solishtirib chiqishdi va ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bor ekaniga guvoh bo‘lishdi. Tadqiqot natijalari Medicina Clinica jurnalida e’lon qilingan.

Alikante universitetilik olimlar o‘tkazgan tadqiqotda 30 ming kishi qatnashdi. Ular ma’lumotlarni tahlil qilib, qaysi oyda tug‘ilish sog‘liqqa ijobiy ta’sir qilishini ma’lum qilishdi.

Masalan, aniqlanishicha, sentabr oyida dunyoga kelgan erkaklar qalqonsimon bez bilan muammolarga duch kelsa, iyunda tug‘ilgan ayollar ko‘proq qattiq bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishadi.

Tadqiqotchilarning taxminicha, inson sog‘lig‘i hayotining ilk oylaridagi quyoshning faolligiga bog‘liq ekan. Yetarlicha quyosh nuri va D vitaminini olmagan chaqaloqlar doimiy kasalliklardan ko‘proq aziyat chekadi.

Bundan tashqari, olimlar homilador ayolning sog‘lig‘i holatini ham e’tiborga olishdi. Mavsumiy viruslar va allergiya bo‘lajak ona organizmiga ta’sir ko‘rsatadi hamda tug‘ilajak bola uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, bir oyda tug‘ilgan erkak va ayollar turlicha kasalliklarga yo‘liqishi mumkin. Tadqiqot natijalari Medicina Clinica jurnalida e’lon qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar tug‘ilish sanasi va inson salomatligi o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlashdi