
Moskva Sog‘liqni saqlash departamenti diyetologi Antonina Starodubova greypfrut qanday qilib ozishga yordam berishiga izoh berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, greypfrut yog‘larning parchalanishiga yordam beradi, degan ishonch xato. Diyetologlar ushbu mevani yeyishni tavsiya qilishlariga sabab esa uning tarkibidagi tolalar organizmni to‘yintirishi va boshqa foydali elementlar borligidir.

Greypfrustning kaloriyasi ancha kam, uning 100 grammida 35 gramm kaloriya bor. Mevada shuningdek, katta miqdorda ozuqa to‘qimalari, vitaminlar, antioksidantlar, mikroelementlar va organik kislotalar mavjud.
Bundan tashqari, greypfrut tarkibidagi flavonoid naringenin insulinga sezgirlikni oshiradi va qondagi “yomon” yog‘lar miqdorini pasaytiradi.

Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, bu mevani xuddi boshqalari kabi belgilangan miqdorda iste’mol qilib turish kerak. Bunda kattalar haftasiga 2-3 marta 200-250 grammdan greypfrut yeyishi tavsiya etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar