Pandemiya tufayli aholi karantin holatida ekan, psixologlar uyda zerikib qolmaslik uchun, qolaversa har-qanday tahlikalarni bartaraf qilishning bir qancha usullarini tavsiya etishadi.
1. Uyda ishlash
Kundalik ishingiz qaysi soha bilan bog‘liq bo‘lmasin, uni uy sharoitida tashkil etishga harakat qiling. Chunki hozirgi kunda internet tarmog‘i hamda elektron imkoniyatlar darajasi yuqori. Hamkasblar va idora bilan uyushgan holda masofali tizimni yaratish mumkin.
2. Farzandlarga e’tibor
Karantin muddatini o‘zingiz uchun ta’til deb hisoblang. Farzandlaringizga vaqt ajrating. Ularning salomatligiga e’tibor bering, qiziqishlari, maqsadlari bilan o‘rtoqlashing, bog‘cha, maktabdagi yutuqlarini so‘rang, sizga aytishga qulay fursat topolmay yurgan bolalaringiz bilan suhbatlashing, ularga yaqinlashing.
3. Kitob o‘qish
Hayot tashvishlaridan charchagan miyaga tanaffus e’lon qiling. O‘qishni niyat qilgan, ammo vaqt ajratolmayotgan kitobingizni boshlang. Bir emas bir nechta kitoblar o‘qing. Kitob bo‘sh vaqtni unumli o‘tkazish uchun har qanday yoshdagi kishilar uchun eng maqbul yo‘l hisoblanadi.
4. Do‘stlar bilan suhbat
Anchadan beri ko‘rishmagan yaqinlaringiz, do‘stlaringiz bilan telefon orqali diydorlashing. Shunda ancha yengil tortasiz. Agar u yaqin dugonangiz bo‘lsa muammolaringizni aytib undan yaxshi maslahatlar olishingiz yoki unga o‘zingizning qimmatli maslahatlaringizni ulashishingiz mumkin. O‘qigan kitoblaringiz muhokamasi yoki yaqinda o‘rgangan yangi bilimlar yuzasidan fikr almashing.
5. Taom tayyorlang
Bekalar uchun oshxona eng muvofiq tanlov. Ayniqsa doim ish bilan band bo‘lib, uyga kech qaytadigan va turmush o‘rtog‘i, farzandlariga ular sevib tanovul qiladigan mazali taomlaru-shirinliklarni pishirib bera olmayotgan opa-singillar uchun oshxonada yangi retseptlarni sinab ko‘rish vaqti keldi.
6. Sog‘lom muhit
Uyingizda doimgidek sog‘lom muhitni saqlab qoling. Hamma narsa o‘z vaqtida olib borilsin. Uyg‘onish, ovqatlanish, ish bilan mashg‘ul bo‘lish va hordiq vaqtiga e’tibor bering. Kuningizni faqat televizor ko‘rish yoki uxlash bilan o‘tkazmang, zero bir qancha mashhur insonlar o‘z kashfiyotlarini noodatiy bo‘sh paytlarida yaratishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi