08:20 / 18.03.2020
3 925

Koronavirus yosh bolalarni o‘ldirmaydi, o‘rta yoshlilarda yengil kechadi, qariyalarda esa og‘irroq

Koronavirus yosh bolalarni o‘ldirmaydi, o‘rta yoshlilarda yengil kechadi, qariyalarda esa og‘irroq
Foto: Reuters
COVID-19 koronavirusi Xitoyda tarqalgan, chinlar yurtida jami 81 ming 58 kishiga yuqdi. Qariyb 69 ming kishi bu kasallikdan davolanib tuzalib ketdi. O‘limlar soni 3230 tani tashkil etmoqda.

Xitoyda ro‘y bergan o‘lim holatlari tahlil qilinganida, 9 yoshgacha bo‘lgan yosh bolalarda birorta o‘lim holati qayd etilmagani ma’lum bo‘ldi.

10 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lgan yuqtirganlar orasida o‘lim holati atigi 0,2 foizni (500 kishidan 1 kishi) ni tashkil etmoqda.
40-49 yoshlilar orasida bu ko‘rsatkich 0,4 foiz (200 kishidan 1 kishi)
50-59 yoshlilar orasida 1,3 foiz bo‘lsa, 60 yoshdan yuqori bo‘lgan qariyalar orasida ko‘rsatkich keskin ko‘tarilgan.
Bundan xulosa qilish mumkinki, koronavirus yoshlardan ko‘ra qariyalarda qiyinroq kechadi. Bolalarga esa deyarli ta’siri yo‘q.

Endi Italiyadagi ma’lumotlarga e’tibor qaratamiz. Quyidagi jadval 2020 yil 16 mart kunigacha bo‘lgan holatda koronavirus yuqtirib, vafot etgan 1697 nafar insonning yoshiga doir statistika.

Jadvalning birinchi ustuni — yoshga doir guruhlar, ikkinchi ustun yoshga doir guruhlar bo‘yicha o‘lim holatlarining taqsimlangani, uchinchi ustun — o‘limlar (jami yuqtirganlar bo‘yicha o‘lgan insonlarning foizdagi ifodasi)

E’tibor bergan bo‘lsangiz, koronavirus yuqtirgan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardan hech kim o‘lmagan. Bemorlarning yoshi oshgani sayin o‘lim darajasi oshib borgan.
Ayniqsa yoshi 70 dan o‘tganlarda o‘lim holati ko‘proq ekaniga guvoh bo‘lamiz. Jami holatlarning — 88 foizi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus epidemiyasining cho‘qqisiga yetgan Italiyada 17 mart kuni yana 345 kishi koronavirusdan vafot etgan va o‘lganlar soni jami 2503 nafarni tashkil etgan. Yuqtirganlar soni bir sutkada 2989 kishiga oshib jami 31 ming 500 bemorni tashkil etmoqda. Tuzalganlar soni 3 mingga yaqinlashmoqda.

Eronda 16 mingdan ziyod inson koronavirus yuqtirib, 5400 tasi tuzalgan. O‘lganlar soni 1000 nafarga yaqinlashmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koronavirus yosh bolalarni o‘ldirmaydi, o‘rta yoshlilarda yengil kechadi, qariyalarda esa og‘irroq