17:18 / 23.03.2020
3 321

Kayfiyatni yaxshilaydigan oziq-ovqat mahsulotlari – nevrolog tavsiyasi

Kayfiyatni yaxshilaydigan oziq-ovqat mahsulotlari – nevrolog tavsiyasi
Moskva viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligining nevrologi, M.F. Vladimirskiy nomidagi Moskva mintaqaviy ilmiy-tadqiqot klinik institutining nevrologiya kafedrasi professori Rinat Bogdanov RIA Novosti’ga bergan intervyusida kayfiyatni yaxshilaydigan mahsulotlarni aytdi.

Kayfiyatga ta’sir qiluvchi mahsulotlar – bu serotonin moddali mahsulotlar. Serotonin ijobiy his-tuyg‘ular uchun javobgar ekanligini bilasiz. Ushbu mahsulotlar orasida - banan, pishloq, shokolad, sut mahsulotlari, kurka va quyon go‘shti qayd etilgan, chunki ularning tarkibida keyinchalik serotoninni sintez qiladigan triptofan moddasi mavjud. Shuningdek, jenshen va limon o‘tlari adaptogenlar ham muhim.

Umuman olganda, ovqatlanish spektri ozuqa moddalari, mineral va vitaminlar miqdori jihatidan yetarli bo‘lishi kerak. Meva-sabzavotlar ko‘proq bo‘lishi, tez uglevodlar - shakar, shakar o‘z ichiga olgan ovqatlar esa kamroq bo‘lishi kerak. Yetarli miqdorda oqsilli mahsulotlar, yog‘larni chiqarib tashlash lozim, ularni o‘simlik moylari bilan almashtirish ma’qul, masalan zaytun, zig‘ir yog‘i, alohida hollarda, kungaboqar
”, - dedi Bogdanov.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, asab tizimining normal faoliyati uchun omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘lgan mahsulotlar : yog‘li dengiz baliq, o‘simlik yog‘lari, yong‘oqlar foydali hisoblanadi.

Bundan tashqari, V guruhi vitaminlari ko‘p bo‘lgan - jigar, turli yormalar, grechkani qo‘shish mumkin.
Bezovtalanish darajasini oshiradigan turli xil stimulyatorlar, masalan, qahva yoki juda kuchli choylarni ko‘p iste’mol qilish tavsiya etilmadi. Tarkibida yalpiz, limon o‘tini ichida bo‘lgan o‘simlik choylariga o‘tish tavsiya etiladi.

Oqsilli ovqatlash borasida yog‘li bo‘lmagan go‘sht – quyon, kurka, tovuqning ko‘krak qismi tavsiya etiladi. Turli yarim vitaminlar qo‘shish mumkin. Bezovtalanishga qarshi bo‘lgan o‘simlik ko‘rib chiqadigan bo‘lsak – bu qizilpoycha o‘simligi tavsiya qilinadi”, - deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kayfiyatni yaxshilaydigan oziq-ovqat mahsulotlari – nevrolog tavsiyasi