Foto: Yemek
Issiq kunlarda yog‘li taomlar bilan qo‘shib tanovul qilishga ayrondan yaxshisi yo‘q. Ayniqsa, iftorlik vaqtida muzdekkina ayron ayni muddao.
Ayron tayyorlash uchun sizdan ko‘p narsa talab qilinmaydi. Shunchaki quyidagi uch mahsulot uyingizda bo‘lsa yetarli:
- qatiq — 2 piyola;
- gazsiz, mineral suv — 2 piyola;
- ta’bga ko‘ra tuz.
Tayyorlanish jarayoni:
1. Ayronni qancha ko‘p tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, qatiq va suvni 1:1 qo‘shishga harakat qiling, ya’ni 3 piyola qatiqqa 3 piyola suv, 4 bo‘lsa 4, shu singari davom etaveradi.
2. Qatiqni idishga solib, yaxshilab aralashtirib oling, quyqalari qolmasdan bir massaga kelsin.
3. Mineral suv qo‘shing va aralashtirishda davom eting.
4. Ta’bga ko‘ra tuz qo‘shishni unutmang, ayron sho‘rroq bo‘lsa, mazali bo‘ladi.
5. Istagingizga qarab ayronga rayhon yoki ko‘katlar qo‘shishingiz mumkin.
6. Aralashtirishda davom eting, qancha ko‘p aralashtirsangiz, shuncha mazali bo‘ladi.
7. Tayyor ayronni muzlatkichga qo‘yib sovuting. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi
"Yirtqich" ovga chiqdi...
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi