O‘rikni me’yoridan ortiq daraja iste’mol qilish nafaqat ovqat hazm qilish muammolariga, balki allergik reaksiyalarga olib kelishi mumkin.
Bu haqda Moskva sog‘liqni saqlash departamenti shtatdan tashqari bosh parhezshunos-shifokori Antonina Starodubova o‘z fikrlarini bildirdi.
Mutaxassis ta’kidlashicha, odamda ichakdagi achish (fermentatsiya) jarayonlarining rivojlanishi tufayli oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin.
O‘rik tarkibida A, V, V1,S, Ye vitaminlari, beta-karotin, shuningdek asab va yurak qon tomir tizimi uchun zarur bo‘lgan - magniy, fosfor, yod, temir va kaliy moddalari mavjud bo‘lib, ular immunitetni mustahkamlash, infeksion kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam beradi.
Oziqa tolalarining yuqori miqdorda bo‘lishi xolesterin darajasini normallashtirishga yordam beradi va oshqozon-ichak trakti faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi.
Ammo, barcha foydali xususiyatiga qaramay, sog‘lom odam kuniga 250-300 grammdan ortiq bo‘lmagan miqdorda o‘rik iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, o‘rik danagini yeyish kerak emas – ularda amigdalin moddasi mavjud. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bu modda hatto kichik miqdorda ham insonga xavfli bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi
"Yirtqich" ovga chiqdi...
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Yevropani Ukrainadagi mojaro boshlanganidan beri eng sovuq qish kutmoqda
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi