“Bugun juda ajoyib kun bo‘ldi, Alloh, o‘zingga shukur!” deya xayolidan o‘tkazdi Zebo avtobus o‘rindig‘iga o‘tirarkan. Bo‘lajak turmush o‘rtog‘i unga uzuk sovg‘a qildi, yana turli bejirim tuhfalar. Eng hayratlanarlisi, Zebo uchun alohida sotib olingan oq libos. Qallig‘i “boshqalar kiygan kiyimni kiyishingizni istamayman” deb izohladi. Hammasi u orzu qilganidek. Shularni xayolidan o‘tkazarkan ro‘parasidagi o‘rindiqqa kelib o‘tirgan insonga beixtiyor ko‘zi tushdi. Ko‘zi tushdi-yu, bugun u uchun chiqqan quyosh yomg‘irli bulutlar orasida qolib ketdi.
Necha yillar davomida shu avtobusga har gal o‘tirganida atrofga alanglab aynan shu insonni izlaydigan, kutadigan Zebo bugun uni ko‘rishni istamasdi. Chunki u endi boshqa bir inson bilan hayot yo‘llarini bog‘lamoqda. Birinchi muhabbat haqida o‘ylash endi u uchun gunoh! Nega aynan bugun u bilan to‘qnash keldi. Maktab davrida bolalarcha ko‘ngil bergani - ilk sevgisi shuncha yillar o‘tib qarshisida bemavrid paytda o‘tiribdi.
Zebo uni juda hurmat qilar, bu hurmat keyinchalik muhabbatga aylangan, bu shunchaki hech kimga oshkor qilinmagan sof sevgi edi. Har safar o‘qishdan uyiga qaytarkan, shu avtobusda u ham uyiga ketishini bilib uni kutardi, izlardi, lekin to‘rt yil davomida biror marta u bilan bir avtobusda ketmagan. Bugun esa u Zeboning hayot albomidagi sevgi bo‘limining rasmlarini qayta tomosha qilishga undab qarshisida o‘tiribdi.
Qizig‘i, garchi Zebo uni yaxshi ko‘rgan bo‘lsa-da, hech qachon u bilan turmush qurish haqida o‘ylamagan. Bu shunchaki toza buloq kabi sof tuyg‘u edi, xolos. Lekin endi uning qalbiga boshqa bir inson kirishi kerak. Afsuski, ko‘ngil bir uy emaski, hey sen, chiq bu yerdan, endi menga keraging yo‘q, bu makon boshqa bir insonga tegishli deya olsak.
Qizaloqning bu muhabbat qissasi kimga ham qiziq. Mayli, hayotda baxt degani bir armon bilan egiz yuradi. Shu ilk muhabbati uning armoni bo‘laqolsin. Shu fikrlar xayolidan o‘tarkan, “Zebo, bekatga yetib keldingiz, tushmaysizmi?” degan ovoz uning o‘ylariga yakun yasadi. Zebo ro‘parasidagi hamrohi savoliga javob bermay avtobusni tark etdi. Tashqarida yomg‘ir yog‘ardi.
Muallif Dilorom Begmatova
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Maksim Shatskix "Istiqlol"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
2024 yilda Rossiyani bir million migrant tark etdi