Foto: Flix Bus
Ustingizdagi libos siz haqingizda ko‘p narsa deydi. Chiroyli va didli kiyinish uchun esa ko‘p pul sarflashning keragi yo‘q, shunchaki quyidagi jihatlarga ahamiyat berishning o‘zi kifoya.
Mato tarkibi
Kiyim-kechak yorlig‘idan mato tarkibini ko‘zdan kechiring. Ko‘nglingizdagidek kiyimni xarid qilishdan avval ichki yorliq bilan tanishib chiqing. Masalan, ipakdan tikilgan libos matosi tarkibida 2% ipak, qolgan 98% sintetika bo‘lsa, bu matoning arzon hamda sifatsiz ko‘rinishiga sababchi bo‘ladi.
Choklarga e’tiborli bo‘ling
Chiroyiga uchishdan avval mato choklari mustahkamligi, ko‘zga tashlanmasligi va sitilib ketmasligiga e’tibor bering. Bo‘rtib ko‘zga tashlanadigan choklar qomatni ham qo‘pol ko‘rsatishini inobatga oling.
Bezakli liboslarga uchmang
Bozor yoki mass marketdagi tosh, dur bilan bezalgan libos original bo‘lmaydi. Original bo‘lmaganidan keyin bezaklari ham sifatsiz bo‘ladi. Shu sababdan ham universal, minimal uslubdagi kiyim-kechaklarga e’tibor qarating. Bunday liboslarni har qanday aksessuar bilan moslash mumkin bo‘ladi.
Foto: Getty Images
Printlarga e’tiborli bo‘ling
Qimmat liboslarda printlar yirikligi bir xil va bir yo‘nalishda bo‘ladi. Arzon liboslarda esa turli katta-kichik, tartibsiz bo‘ladi. Bu esa matodan qolgan qiyqimlar to‘plamidek xulosa beradi.
«Zamok» ko‘zga tashlanmaydigan bo‘lsin
«Zamok»i ko‘rinib turadigan kiyim-kechak sizning ust-boshingiz haqida yaxshi taassurot qolmasligiga sababchi bo‘ladi. Iloji boricha yashirin qilib tikilgan kiyimni tanlashga harakat qiling.
Kiyimning «katishka» bo‘lmasligiga e’tibor qarating
Libosda «katishka» ning paydo bo‘lishi aksari hollarda matoning arzon va sifatsiz ekani bilan bog‘liq bo‘ladi. Tanlov jarayonida matoni yaxshilab ko‘zdan kechirishni unutmang.
Matoni yorug‘da tekshirib ko‘ring
Mustahkam va sifatli matoni yorug‘likka olib tekshirib ko‘rsangiz, undan ortiqcha yorug‘lik ko‘rinmasligiga guvoh bo‘lasiz, arzonida esa aksincha.
Matoni cho‘zib ko‘ring
Libos xarid qilishdan avval matoni cho‘zib ko‘ring va tekshiring — mato o‘z holiga keldimi, cho‘zilgan joyida iz qoldimi, yo‘qmi.
Foto: Ensia
Libos tikilgan ipga e’tibor qarating
Mato rangi va ko‘rinishidan yaqqol farq qiladigan ipda tikilgan libosdan arzonlik ufurib turadi.
Libosning astariga ahamiyat bering
Ko‘rinishi chiroyli bo‘lishiga qaramay, har qanday libos, ayniqsa, kostyum va jaketlar astarsiz ustingizda xunuk turadi. Shu bois ham xariddan avval astariga, uning mustahkamligi qanday ekaniga diqqatingizni qarating.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Maksim Shatskix "Istiqlol"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi