14:15 / 27.06.2020
3 340

30 yil kasallik nimaligini bilmagan erkak salomatligining sirini ochdi

30 yil kasallik nimaligini bilmagan erkak salomatligining sirini ochdi
Xitoyda istiqomat qiluvchi Chen Xaygan 30 yildan beri biror marta shamollash kasalliklariga duchor bo‘lmagan. U buning siri bilan o‘rtoqlashdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hamma sir yigirma yoshidan beri bajarib keladigan odatiy mashg‘ulotlaridadir. U har kuni maymunga o‘xshab qo‘llari va oyoqlariga suyanib yuradi. Xayganning ta’kidlashicha, ushbu mashq unga butun vujudini chiniqtirishga va quvvatlantirishga imkon beradi.

«Men hayvonot bog‘ida maymunlarni tez-tez kuzatardim. Bu juda kulgili tuyulsa-da, ularga taqlid qila boshladim Chen Xaygan», deydi u.
Xayganning so‘zlariga ko‘ra, bunday noodatiy mashg‘ulotlar tufayli u shamollashdan xoli bo‘ladi, uning quloq va tish og‘rig‘i yo‘qoladi.

«Endi menda shifokor ko‘rigiga borishga umuman hojat yo‘q», deydi Chen Xaygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » 30 yil kasallik nimaligini bilmagan erkak salomatligining sirini ochdi