Foto: SNC Media
Miya faoliyati yaxshilanishi uchun darhol dorixonaga chopishdan avval quyidagi tavsiyalarga amal qilib ko‘ring.
Sport bilan shug‘ullaning
Olimlar tomonidan aqliy va jismoniy faollik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik isbotlangan bo‘lib unga ko‘ra, kam harakat va faol insonning miya hujayralarida farq yaqqol aniqlangan. Jismoniy harakatdagi zo‘riqish natijasida miyada qon odatdagidan ko‘p aylanib, miya faoliyatini yaxshilanishi va yangi hujayralar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Qisqa va foydali stress
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, stress tufayli biokimyoviy jarayon boshlanib, neyronlar faoliyati tezlashishi, buning natijasida esa miya faoliyati yaxshilanishi kuzatiladi. Faqat stressning qisqa va foydali bo‘lishi kerakligini inobatga olish kerak. Bunday stressga sovuq dush qabul qilish yoki mushaklarni cho‘zish mashqlarini bajarish misol bo‘la oladi.
Hayotdan mamnunlik
Hayotdan zavq va mamnuniyat, quvonch hissini tuyish, nafaqat miya, balki boshqa a’zolar faoliyatining ham yaxshilanishiga olib keladi. Shuning uchun ko‘proq vaqtingizni siz uchun yaqin va qadrli bo‘lgan insonlar davrasida o‘tkazish, sevimli mashg‘ulotingiz bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi. Siz o‘tayotgan har soniyadan bahra olishni, ortga qarab afsus emas g‘urur hissini tuyar ekansiz, o‘zingizga bo‘lgan ishonch shakllanib, kayfiyatingiz va fe’l-atvoringizda ijobiy kamolot seziladi.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Shimoliy Koreya ballistik raketalar ishlab chiqaruvchi zavodini kengaytirmoqda
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Maksim Shatskix "Istiqlol"ga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Yangi Zelandiyada maori qabilasi oqsoqolining portreti auksionda rekord narxda sotildi